Yozuvlarni moderatsiya qilish - bu taʼlim tashkilotining har qanday foydalanuvchilarining nashr qilgan yozuvlarini tahrirlash yoki oʼchirish imkoniyati, shuningdek yozuvlardagi sharhlarni oʼchirish imkoniyati.
Kim ushbu huquqlarga ega?
Quyidagi foydalanuvchilar yozuvlarni moderatsiya qilishi mumkin:
- Аdministrator oʼzining taʼlim muassasasidagi har qanday yozuvlarni moderatsiya qilishi mumkin;
- «Moderator» huquqiga ega boʼlgan xodim oʼz taʼlim muassasasidagi har qanday yozuvlarni moderatsiya qilishi mumkin;
- Sinf rahbari oʼz sinfi boʼyicha yozuvlarini, sinf ota-onalari uchun yozuvlarni va sinf xodimlari uchun yozuvlarni tahrirlashi mumkin.
- Boshqaruvchi tashkilotning administratori oʼz tashkilotidagi har qanday yozuvlarni moderatsiya qilishi mumkin.
Boshqa barcha foydalanuvchilar faqat oʼz xabarlarini tahrirlashlari va oʼchirishlari mumkin.
Yozuvlarni qanday tahrirlash mumkin?
Yozuvni tahrirlash uchun quyidagilar zarur:
- yozuvni boshqarish tugmachasini bosing ;
- «Tahrir qilish» bandini tanlang;
- ochilgan matn tahrirlovchisiga kerakli oʼzgartirishlarni kiriting;
- «Saqlash» tugmasini bosing.
Izoh: tahrirlash natijasida yozuvning avtori, nashr vaqti va koʼrishlar haqida maʼlumotlar oʼzgarmaydi.
Yozuvni qanday oʼchirish mumkin?
Yozuvni oʼchirish uchun quyidagilar zurur:
- yozuvni boshqarish tugmachasini bosing ;
- «Oʼchirish» bandini tanlang;
- ochilgan oynada «Oʼchirish» tugmasini bosib, harakatni tasdiqlang.
Sharhni qanday oʼchirish mumkin?
Yozuvdagi sharhni oʼchirish uchun quyidagilar zarur:
- sharhning toʼgʼrisida, sharhni boshqarish tugmasini bosing ;
- «Oʼchirish» bandini tanlang;
- sharx oʼchirilgani haqida yozuv paydo boʼladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish