Yozuv imkon qadar axbarotli boʼlishi va uni tegishli foydalanuvchilar koʼrishi uchun quyidagilar zarur:
- Yozuvni joylashtirmoqchi boʼlgan sahifani toʼgʼri tanlang. Sahifani tanlash qaysi foydalanuvchilar xabarni koʼrishini aniqlaydi.
- Matnga urgʼu berish va qoʼshimcha materiallarni ilova qilish orqali yozuvni formatlang.
Boshqaruvchi tashkiloti xodimi yozuvni qanday yaratishi boʼyicha maʼlumotni, ""Boshqaruv tashkilotlari xabar berish uchun yozuvlardan qanday foydalanishlari mumkin?"" Maqolasida koʼrishingiz mumkin.
Qanday qilib yozuvni nashr qilish uchun toʼgʼri sahifani tanlash mumkin?
Tizim turli foydalanuvchilar uchun yozuv devorlari joylashgan alohida sahifalarni taqdim etadi. Ushbu sahifalarni qaerdan topish va devor yozuvlarini kim koʼrishi mumkinligi haqida maʼlumotlar ushbu maqolada batafsil tasvirlangan.
Yozuvni devorda nashr etish uchun quyidagilar zarur:
- kerakli sahifadagi yozuvlar devorini oching;
- yozuv matnini maydonga kiriting;
- «Yuborish» tugmasini bosing.
Qulaylik uchun tizimda foydalanuvchi joylashgan va ishlayotgan sahifadan chiqmasdan yozuvni nashr etishga imkon beradigan yozuvlar yaratish tugmachalari mavjud. Tugmalar yozuvlarni yaratishda eng koʼp uchraydigan holatlarni hisobga oladi va xodimlarning vaqtini tejashga moʼljallangan. Tugmalar quyidagi yorligʼlarda joylashgan:
- xodimning asosiy sahifasida, sinf rahbari vidjetida - barcha oʼquvchilar va sinfning ota-onalari uchun yozuv tuziladi;
- sinf jurnallarida - barcha oʼquvchilar va sinf ota-onalari uchun yozuv tuziladi;
- dars soatlarini rejalashtirish sahifasida - barcha oʼquvchilar va sinfning ota-onalari uchun yozuv tuziladi;
- dars jadvalida - barcha oʼquvchilar va sinfning ota-onalari uchun yozuv tuziladi;
- asosiy sahifada yangiliklar tasmasining ustida turli auditoriya uchun yozuv yaratilishi mumkin:
- Butun maktab uchun yozish - taʼlim tashkilotining barcha ishtirokchilari uchun yozuv yaratiladi.
- Oʼqituvchilar xonasi uchun yozish- yozuv faqat taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun tuziladi.
- Sinflar uchun yozish - tanlangan sinflar ishtirokchilari uchun yozuv yaratiladi.
Izoh: Ushbu tugma faqat maʼmurlar va maktab rahbariyati uchun mavjud.
- xodimning asosiy sahifasida«» tugmasi - barcha oʼquvchilar va sinfning ota-onalari uchun yozuv yaratiladi.
Eslatma: barcha maʼlumotlar agar yozuv sinf uchun yaratilgan boʼlsa, sinf sahifasiga yoki agar yozuv barcha uchun yaratilgan boʼlsa, taʼlim tashkilotining sahifasiga oʼtadi. Shuningdek ushbu yozuv tegishli boʼlgan foydalanuvchilarning boshlangʼich sahifasiga va mobil ilovasiga oʼtadi.
Tugma yordamida yozuvni nashr etish uchun quyidagilar kerak boʼladi:
- yozuvlarni yaratish tugmasi joylashgan sahifani oching;
- yozuv yaratish tugmasini bosing;
- ochilgan oynada yozuvni matn maydoniga kiriting;
- «Yuborish» tugmasini bosing.
Sinfda yozuv yaratish uchun tugmachalardan foydalanib, siz bir vaqtning oʼzida bir nechta sinflarda yozuv yaratishingiz mumkin.
Buning uchun:
- sinf uchun yozuv yaratish tugmasi joylashgan sahifani oching;
- yozuv yaratish tugmachasini bosing;
- ochilgan oynada, sarlavhaning yonida, « + » belgisini bosing;
Eslatma: agar yozuv xodimning asosiy sahifasi orqali yaratilayotgan boʼlsa, unda «plyus» belgisini bosishingiz shart emas, sinflarni tanlash shakli darhol ochiladi.
- ochiladigan roʼyxatdan kerakli sinflarni tanlang;
Eslatma: qidirish qulayroq boʼlishi uchun yuqori qatorga sinf nomini kiritish mumkin;
- yozuvni matn maydoniga kiriting;
- «Yuborish» tugmasini bosing.
Har bir tanlangan sinf uchun yozuv eʼlon qilinadi.
Tizimda shuningdek quyidagi amallarni bajarish vaqtida koʼrsatiladigan, qulay koʼrsatmalar paydo boʼladigan sahifalar mavjud:
- dars jadvaliga oʼzgarishlar kiritish;
- oʼquv tashkilotiga, sinfga, oʼqituvchi xonasiga fayllarni qoʼshish;
- uy vazifasini yaratish va tahrirlash.
Maslahatlar, kiritilgan oʼzgarishlar toʼgʼrisida ishtirokchilarni xabardor qilishni taklif qiladi.
Eslatma: yozuvni yaratish shakli «Yozuvni yaratish» tugmasi bilan bir xil ishlaydi.
Masalan, ushbu koʼrsatmalar yordamida sinf aʼzolariga dars jadvali oʼzgarishi toʼgʼrisida xabar berish mumkin.
Yozuvlarda sharhlar qoldirish rejimini sozlash
Yozuvda sharh qoldirishni cheklash uchun quyidagilar kerak:
- belgisi ustiga kursorni yuriting,
- kerakli bandni tanlang.
Eslatma: ushbu sozlamani faqat yozuv yaratishda oʼrnatishingiz mumkin. Nashr qilingandan keyin ushbu parametrni oʼzgartirish imkoni boʼlmaydi.
Matnni formatlash
Yozuv matnini formatlash, sizga eʼlon qilingan maʼlumotlarda muhim joylarini taʼkidlash, fayllar va saytlarga havolalarni taqdim etish, yozuvni rasm bilan bezash imkonini beradi. Formatlash yozuvni yaratish uchun zaruriy shart emas, lekin formatlangan yozuvlar foydalanuvchilar eʼtiborini jalb qiladi va uni oʼqish osonroq boʼladi.
Quyidagi formatlash variantlari mavjud:
Matn uslubini oʼzgartirish
Matnni formatlash uchun, kerakli matn qismini tanlang va qalqib chiquvchi menyu oynasida kerakli uslub turini tanlang:
- B - qalin;
- i - kursiv.
Soʼnggi tahrirni yoki oʼzgartirishni bekor qilish uchun siz «issiq tugmachalarni» ishlatishingiz mumkin: «Ctrl + Z» va «Ctrl + Y».
Havolani kiritish
Matnga giperhavola kiritish uchun sizga quyidagilar kerak:
- kompyuter sichqonchasi bilan kerakli soʼzni tanlang va havolani qoʼshish belgisini bosing;
- maydonga havolani kiriting va Enter tugmasini bosing.
Nashr etilgan yozuvda ushbu usul orqali kiritilgan havola quyidagicha koʼrinadi:
Havolani kiritish
Matnga ochiq havolani qoʼshish uchun quyidagilar zarur:
- sichqoncha bilan havolani tanlang va «Ctrl + C» tugmachalarini bosing yoki sichqonchaning oʼng tugmachasini bosing va menyudan «Nusxalash» ni tanlang;
- kursorni kerakli joyga qoʼying va «Ctrl + V» tugmalar birikmasini bosing yoki sichqonchaning oʼng tugmachasini bosing va menyudan «Kiritish» -ni tanlang.
Smaylik kiritish
Matnga smayl qoʼshish uchun siz belgisini bosishingiz va ochilgan roʼyxatdan kerakli belgini tanlashingiz kerak.
Fayl qoʼshish
Yozuvga fayl qoʼshish uchun quyidagilar zarur:
- «Fayl qoʼshish» tugmachasini bosing;
- kompyuterdan faylni tanlang;
- Enter yoki «Ochish» tugmasini bosing.
Yozuvga har xil formatdagi fayllarni qoʼshishingiz mumkin. .docx (Word), .xlsx (Excel), .pptx (Power Point) formatidagi fayllar yuklangandan soʼng toʼgʼridan-toʼgʼri sahifada koʼrish uchun mavjud boʼladi.
Faylning maksimal hajmi 10 МB.
Qisqa yuklab olingandan soʼng, fayl yozuv matni ostida paydo boʼladi. Аgar faylni almashtirish kerak boʼlsa, yuklangan faylda «krest» belgisini bosishingiz va yangi faylni kiritishingiz kerak.
Rasmni biriktirish
Yozuvga faqat bitta rasm qoʼshilishi mumkin, ular matndan keyin koʼrsatiladi. Qoʼshish uchun yaroqli rasm formatlari: GIF, JPG, JPEG, PNG.
Siz rasmni ikkita usul bilan qoʼshishingiz mumkin:
1-usul. Аgar rasm kompyuteringizda saqlangan boʼlsa, sizga kerakli yozuvga rasm qoʼshish uchun:
- «Fayl qoʼshish» tugmasini bosing;
- kompyuterdan rasmni tanlang;
- Enter yoki «Ochish» tugmasini bosing.
Yuklangandan soʼng, yozuv matni ostida rasmni oldindan koʼrish paydo boʼladi. Bundan tashqari, u fayl sifatida biriktiriladi.
Eslatma: agar yozuvda kerak boʼlmasa, qoʼshimcha rasm fayli oʼchirilishi mumkin. Аgar yozuv matni ostida rasmni oldindan koʼrish boʼlsa, u eʼlon qilingan yozuvda paydo boʼladi.
2 usul. Аgar rasm Internetda saqlangan boʼlsa (Tizim fayllari yoki boshqa omborda), yozuvga rasm qoʼshish uchun siz:
- rasmni brauzerda oching va ustiga oʼng tugmani bosing;
- paydo boʼlgan menyuda «URL manzilni nusxa olish» / «Rasm manzilini nusxalash» / «Rasm havolasini nusxalash» variantini tanlang (ishlatilgan soʼzlar brauzerga bogʼliq);
- olingan havolani matn maydoniga qoʼying, probel yoki Enter tugmachasini bosing;
- yuklangandan soʼng, yozuv matni ostida tasvirni oldindan koʼrish paydo boʼladi.
Eslatma: agar yozuvda kerak boʼlmasa, havolani matndan olib tashlashingiz mumkin.
Rasmni boshqasiga almashtirish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
- kiritilgan rasmning oldindan koʼrish maydonida «krest» belgisini bosing;
- yuqorida taʼriflangan har qanday usul yordamida yangi rasmni kiriting.
YouTube-dan videoga havola kiritilgan yozuvni saqlaganingizda, video yozuv matni ostida koʼrsatiladi va uni toʼgʼridan-toʼgʼri Tizimda koʼrish mumkin.
Raqamlangan roʼyxat
Matnda roʼyxatni yaratish uchun yangi qatordan raqam, nuqta va probel kiritish kerak.
Belgilangan roʼyxat
Roʼyxatni belgilash uchun yangi satrdan «-» va probelni kiritishingiz kerak.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq