«Kundalik.Family» ilovasida, bola uchun bir nechta maqomlar mavjud, ular ota-onaga bolaning joylashgan yerini kuzatib bo‘lmacligi to‘g‘risida xabar beradi:
- "uzoq vaqt davomida tarmoqda mavjud emas";
- "bolaning telefoni sozlanmagan".
Uzoq vaqt davomida tarmoqda mavjud emas
Agar bola qurilmasidan 6 soatdan ko‘proq vaqt davomida joylashuv ma'lumoti kelmagan bo‘lsa, ushbu holat paydo bo‘ladi.
Muammo sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sabablar:
1.Bolaning telefonidagi «Kundalik.Tracker» ilovasi o‘chirilgan.
Agar biron sababga ko‘ra «Kundalik.Tracker» dasturi o‘chirib tashlangan bo‘lsa, bolaning mobil qurilmasi o‘z koordinatalarini yuborishni to‘xtatadi.
Ishni tiklash uchun «Kundalik.Tracker» dasturini farzandingiz telefoniga yana bir bor yuklab olishingiz, o‘rnatishingiz va ulashingiz kerak.
Ulanish bo‘yicha ko‘rsatmalar «Kundalik.Family» ilovasida mavjud: xarita joylashgan ekranning pastki panelida:
belgisini bosishingiz kerak.
«Kundalik.Family» dasturiga muvaffaqiyatli ulangandan so‘ng, bir necha daqiqa orasida ota-onaning ilovasida bolaning yangi koordinatalar aks ettiriladi.
2. Bolaning mobil qurilmasida internet yo‘q.
Agar bolaning mobil qurilmasida internet o‘chirilgan bo‘lsa (telefon sozlamalarida internet o‘chirilgan bo‘lsa yoki uyali aloqa operatorining hisobidagi mablag‘ tugab qolgan bo‘lsa), telefon o‘z koordinatalarini uzata olmaydi.
Internet ulanganidan bir necha daqiqa o‘tgandan so‘ng ota-onaning «Kundalik.Family» ilovasiga bolaning joylashuv koordinatalari yuboriladi.
3. Bolaning telefoni o‘chirilgan
Agar bolaning telefoni o‘chirilgan bo‘lsa, mobil qurilmasi o‘z koordinatalarini uzata olmaydi.
Bolaning telefonini yoqilgandan so‘ng «Kundalik.Tracker» dasturini qaytadan ishga tushirishingiz kerak, va bir necha daqiqadan so‘ng «Kundalik.Family»
ilovasida ota-ona uchun bolaning yangi koordinatalari yuboriladi.
4. Bola 6 soatdan ortiq vaqt davomida mobil tarmoq va WI-FI doirasidan tashqarida
Masalan, agar bola uyali aloqa operatori tarmog‘i qamrab olinmaydigan joyda sayohatga chiqqan bo‘lsa, «Kundalik.Tracker» ilovasi joylashuv koordinatalarini uzata olmaydi.
Ammo bola uyali tarmoqning qamrov zonasiga tushib qolishi bilanoq, uning telefoni koordinatalarini ota-onaning «Kundalik.Family» ilovasiga yuboradi.
Bolaning mobil qurilmasi sozlanmagan
Bolaning telefoninida sozlamalar to‘g‘ri tahrirlanmagan bo‘lsa, ushbu holat ko‘rsatiladi.
Sozlamalarda qanday muammo yuzaga kelganligini aniqlash uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- bolaning mobil qurilmasida «Kundalik.Tracker»
dasturini ishga tushiring;
- xaritaning yuqori qismida qaysi sozlamani o‘zgartirishingiz kerakligi haqida xabar bo‘ladi:
Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolar:
- Geolokatsiya xizmatlari o‘chirilgan.
- Noto‘g‘ri geolokatsiyani ko‘rsatish (faqat iOS-da).
- "Tarkibni yangilash" sozlamasi o‘chirilgan (iOS-da).
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq