Mobil ilovani App Store (iOS foydalanuvchilari uchun) va Play Market (Android foydalanuvchilari uchun) da yuklab olish mumkin.
eMaktab.Oila mobil ilovasi - bu Emaktab.uz tizimiga kirmasdan barcha ta’lim ma’lumotlarini zudlik bilan olishni istagan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun maxsus ishlab chiqilgan qo‘shimcha tijorat xizmatidir.
Mobil ilovadan foydalanish majburiy emas.
Muhim: eMaktab.oila ilovasi pulli bo`lib ko`p funksiyalari to`lovsiz mavjud bo`lmaydi.
Ilovada obunasiz ma`lumotlar qulf ostida bo`ladi.
Ilovaga kirish
Mobil ilovasiga kirish emaktab.uz profilidagi login va parol yordamida amalga oshiriladi.
Ilovada "Login va parolingizni unutdingizmi?" havolasini bosish orqali kirish ma'lumotlarini tiklash imkoniyati bor. "Saytda tiklash" tugmachasini bosgandan so‘ng, veb-brauzeringizda ma'lumotlarni tiklash sahifasi ochiladi. Parol qanday bo‘lishi kerakligi haqida ma'lumotni ushbu maqolada o‘qishingiz mumkin.
Profilni faollashtirish
Agar foydalanuvchi ilgari ilovaga yoki emaktab.uz saytiga kirmagan bo‘lsa va u profildan vaqtinchalik parol va loginga ega bo‘lsa, unda ilovada ishlash uchun profilni faollashtirish bosqichlaridan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Faollashtirishning ikkinchi bosqichida siz kirish ma'lumotlarini tiklashingiz mumkin bo‘lgan to‘g‘ri ma'lumotlarni ko‘rsatishingiz kerak.
Vaqtinchalik parolni doimiy parol'ga o‘zgartirgandan so‘ng, u faollashtirilgan hisoblanadi.
Obuna turlari
Ilovada ikkita obuna turlari mavjud:
- Web versiya 5 000 sum
- PRO versiya 60 000 sum
PRO-versiyasiga qanday obuna bo‘lish haqida batafsil ma'lumot maqolaning pastgi qismida joylashtirilgan.
PRO-versiyasiga obuna bo‘lganingizda, "Oilaviy kirish huquqi" mavjud. Funksiyasi obunani sotib olgan foydalanuvchi profili bilan qarindoshlik aloqalarini o‘rnatgan barcha foydalanuvchilarga tegishli.
Aloqalar emaktab.uz tizimida yaratilishi kerak.
PRO obuna turiga to`lov amalga oshmagan profilda ilovadagi ma`lumotlar qulf bo`lib turadi !
"Muhim" vidjeti
Ilovaning asosiy sahifasida har doim "Muhim" vidjeti ko‘rsatiladi, u ma'lumotlarni tezkor ko‘rish uchun mo‘ljallangan:
- bolaning joylashuvi to‘g‘risida ma'lumot;
- voqea hodisalar;
- Sinf reytingi;
- Oxirgi baholar;
- Dars jadvali;
- O‘qituvchining darsga sharhlari.
ota-ona boshqa farzandlari haqida ma'lumotni ko‘rish uchun ekranning yuqori qismidagi bolaning avatarini bosishi kerak.
Yangi baholari uchun indikator bor - "ko‘k to`rt burchak".
Sinfdoshlar ustunida sinfdoshlarning ushbu darsdagi ish uchun bir xil baholarning sonini ko‘p yoki kamligini ko‘rsatadi.
"Dars tavsifi"
Blokda ustoz tomonida qo`yilgan baho va bildirgilar bo`ladi
"Fan bo`yicha barcha baholar"
Blokda joriy hisobot davridagi so‘nggi 15 ta baho aks etiladi.
Baholash ekrani quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- sinfdoshlarning bir ish turi uchun bir xil baholarning sonini ko‘rsatadigan halqali diagrammasi;
- o‘rtacha va o‘rta vaznli ballarning qiymatlari;
- o‘quvchi va butun sinf uchun fan bo‘yicha o‘rtacha balning haftalar bo‘yicha o‘zgarishi jadvali.
Izoh: "Sinfdoshlar bilan taqqoslash" tugmasi fan sahifasiga olib boradi.
"Reyting" bo‘limi o‘quvchining sinfdagi boshqa o‘quvchilarning baholari bilan taqqoslaganda umumiy o‘rtacha ball ko‘rsatkichi bo‘yicha qaysi o‘rinda ekanligi to‘g‘risida ma'lumotni o‘z ichiga oladi.
Umumiy o‘rtacha ball joriy hisobot davrida o‘quvchi uchun mavjud bo‘lgan barcha fanlar bo‘yicha barcha o‘rtacha ballar yig‘indisining arifmetik o‘rtacha qiymati sifatida hisoblanadi. Umumiy o‘rtacha ball qancha yuqori bo‘lsa, reyting shunchalik yuqori bo‘ladi.
"Muhim" vidjetining "Reyting" yorlig‘ida, reyting qiymatining o‘ng tomonidagi o‘qini bosganingizda, sinfdagi umumiy reytingi ko‘rsatilgan ekranga o‘tasiz.
"Kundalik" vidjeti
"Kundalik" yorlig‘i quyidagilarni ko‘rsatadi:
- belgilangan sana uchun dars jadvali;
- har bir dars uchun berilgan uy vazifasi;
- o‘qituvchining darsda qoldirgan sharhi;
- har bir dars uchun baho.
Bo‘limda joriy sanadan keyingi ikki va ikki kelgusi hafta davomida o‘tkazilgan / o‘tkaziladigan darslar haqida ma'lumot berilgan.
Dars haqidagi barcha ma'lumotlarni ko‘rish uchun uning ustiga bosi
Eslatma:
- agar uy vazifasi allaqachon bajarilgan bo‘lsa, unda tasdiq belgisi belgilanishi kerak.
- agar uy vazifasi natija faylini talab qilsa, uni bajarilgan deb belgilab bo‘lmaydi. Uy vazifasini bajarish uchun siz fayl qo‘shishingiz kerak.
- agar uy vazifasi yonida belgisi bo‘lsa, demak vazifadaa biriktirilgan fayl mavjud.
"O‘zlashtirish" vidjeti
"O‘zlashtirish" vidjeti bir nechta bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
- "Choraklar" (yoki hisobot davri uchun boshqa nom);
- "Xulosa".
Eslatma: "O‘zlashtirish" vidjetidagi ta'lim to‘g‘risidagi ma'lumotlar faqat PRO versiyasiga obuna bo‘lgandan so‘ng mavjud bo‘ladi.
Fan nomini bosish orqali fan bo`yicha reytingdagi o`rin kelib chiqadi
"Xulosa" yorlig‘i quyidagi ko‘rinishga ega:
"Profil'" vidjeti
"Profil" vidjeti quyidagi funktsiyalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan:
- obunani tiklash;
- push - xabarnomalarining ishlashini diagnostika qilish;
- sozlamalar va qorong`u mavzu;
- Ilova tilini o'zgartirish;
- qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish;
- profildan chiqish.
Ommaviy savollarga javoblarni "Yordam" bo‘limida topish mumkin.
Agar kerak bo‘lsa, "Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozish" tugmachasini bosish orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga so‘rov yuborishingiz mumkin.
Obuna
Bepul muddati tugagandan so‘ng, boshqa bo‘limga o‘tishga yoki baho qaysi fan va faysi ish uchun ekanligini ko‘rishga harakat qilganda, tizim obuna turlarini tanlashni taklif qiladi.
Eslatma: obuna narxi va variantlari haqida ma'lumotlar, foydalanuvchilarga qo‘shimcha ravishda e'lon qilinadi.
Obunani bekor qilish
Obunani bekor qilish uchun quyidagi amalni qilishingiz lozim bo`ladi;
- eMaktab.uz saytiga o`tishingiz lozim;
- Bosh saxifada ekraning o`ng burchakdagi "FIO" ustiga bosib;
- 'Sozlamar" bo`limini tanlang;
- ochilgan "Profil" blokidan "Xarid qilish tarixi" blokiga o`ting
- "Amaliy" xolatda turgan obunaning yonida 'bekor qilish" tugamasini bosing:
Batafsil bekor qilish ma`lumotlari bilan bu yerdan tanishib chiqishingiz mumkin
Obunani faqat WEB versiyadan bekor qilishingiz mumkin
Izoh: obunani bekor qilgandan so‘ng, eMaktab.oila ilovasida obunangiz foal bo`lmaydi
Sharhlar
Sharhlar: 10
Llll
5
Sanjarbek Jabborqulov
Men loginimni eslay olmadim
JUMAYEVA dILDORA
Abdukarimov Javlonbek Ulugbek ogli
Abdukarimov Javlonbek Ulugbek ogli
zo'r
Gulmatovalaziza2013
Nigina
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish