Maktablarda har bir fan uchun nomni YaFR (yagona fanlar ro‘yxati) bilan mos ravishda belgilanishi kerak. Bu EduERP sayti bilan ma'lumotlar almashinuvi uchun zarur.
YaFR-ga mos ravishda maktab fanlarini tahrirlash uchun quyidagilarni bajarish lozim:
- "Ma'muriyat - fanlar ro‘yxati" bo‘limiga o‘ting;
- ro‘yxatdan birinchi fanni tanlang:
- Ochilgan oynada “EduERP dagi fan nomi” maydonida O‘zbekiston Respublikasi Ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fanlarning yagona ro‘yxatini ko‘rish uchun strelka ustiga bosing;
- ro‘yxatdan tahrir qilinayotgan fan nomiga mos keladigan fanni tanlang:
- "Saqlash" tugmasini bosing;
- ro‘yxatdagi har bir fan uchun yuqoridagi amallarni takrorlang.
Eslatma: EduERP-da mavjud bo‘lmagan fanlar uchun "Ta'lim sohasi" maydonida "Boshqalar" bandini tanlash mumkin:
Yangi fanlarni qo‘shish vaqtida, shuningdek, fanning to‘liq/qisqa nomini, EduERP-dagi fanning nomini ko‘rsatishingiz kerak. Aks holda, maktabda dars jadvallari va dars rejalari bilan ishlash mumkin bo‘lmaydi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish