Kundalikda ta'lim tashkilotini (keyingi o‘rinlarda - TM) faollashtirish uchun birinchi kirish uchun login va parol kerak bo‘ladi. "Tashkilotni ulash"bo‘limidagi anketani to‘ldirib, Xalq ta'limi vazirligiga yoki viloyat ta'lim boshqarmasiga rasmiy xat sifatida yuborishingiz kerak. Elektron pochta manzillari" Tashkilotni ulash" sahifasida keltirilgan.
Anketalar tasdiqlangandan so‘ng, maktablar uchun ro‘yxatdan o‘tish ma'lumotlari beriladi: vaqtinchalik login va parol, ma'mur ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ularni doimiy shaxsiy ma'lumotlarga o‘zgartiradi.
Ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari
Avtorizasiya
- kundalik.com saytiga o‘ting va "Kirish" tugmasini bosing;
- maktab uchun berilgan login va parolni kiriting va "Tizimga kirish" tugmasini bosing:
1 - qadam "Tashkilot haqida"
Ta'lim muassasasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘ldirish lozim:
- maktabning qisqa nomi;
- maktabning to‘liq nomi;
- TM turi;
- Tashkiliy tuzilma;
- STIR;
Eslatma: STIR 9 ta raqamdan iborat. Agar Kundalik-da ushbu STIR raqamiga ega ta'lim tashkiloti mavjud bo‘lsa, "Sizning arizangiz yuborilmaydi. Ta'lim tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun team@kundalik.com elektron pochta manziliga murojaat qiling yoki 998 (78) 888-82-82 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling" degan xabar paydo bo‘ladi.
- Mulk turi;
- Manzil - tizim maktab joylashgan tumanni to‘g‘ri saqlashi uchun viloyat va tumanni yozish lozim;
- "Keyingi" tugmasini bosin.
2-bosqich "Shaxsiy ma'lumotlar"
Ushbu bosqichda maktab ma'muri o‘zining shaxsiy ma'lumotlarini to‘ldiradi:
- To‘liq ism sharifi;
- EduERP ID - https://erp.maktab.uz/ saytidan shaxsiy identifikatorni kiritishingiz kerak;
Eslatmalar:
1. “EduERP ID” maydoni to‘ldirish uchun majburiy emas, lekin agar administrator ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy identifikatorni kiritmasa, EduERP ID ma'lumotlar bazasidan Kundalik tizimiga xodim va o‘quvchilar ma'lumotlarini sinxronlashtirish jarayonida administrator profili ikkita bo‘lib qolishi mumkin.
2. Kiritilgan ERP ID qiymati “Xodim” (Xodim/ota-ona) roliga ega foydalanuvchilar orasida yagona bo‘lishi kerak.
EduERP ID-ni qanday topish haqida batafsil ma'lumot bu yerda tasvirlangan.
- jinsi;
- tug‘ilgan sana;
- "keyingi" tugmasini bosish.
3-qadam "Xavfsizlik choralari"
Uchinchi bosqichda siz elektron pochta manzilingizni kiritishingiz, maxfiy savolni tanlashingiz va unga javobni ko‘rsatishingiz kerak. Ushbu ma'lumotlar login yoki parol yo‘qolgan taqdirda tizimga kirishni tiklash uchun kerak.
4-qadam "Login va parol'"
Ushbu bosqichda siz o‘zingiz uchun doimiy login va parolni o‘ylab topishingiz kerak, bu administrator keyinchalik tizimga kirish uchun foydalanadi.
Ma'lumot: |
- loginni kiriting;
- parolni kiriting;
- tasdiqlash uchun parol'ni takrorlang;
- Men Foydalanuvchi shartnomasi va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilaman katagiga belgi qo‘ying;
- "Bajarildi" tugmasini bosing.
Maktabni sozlash masteri
Maktabni sozlash masteri ikki bosqichdan iborat:
1. Maktabning yuridik pochta manzilini ko‘rsatishingiz kerak:
2. Siz ro‘yxatdan maktabingizga tegishli bo‘lgan fanlarni tanlashingiz kerak. va "Keyingi qadam" tugmasini bosing.
Eslatma: fanlar ro‘yxati EduERP fanlarining yagona ro‘yxatiga mos keladi.
EduERP-dan ma'lumotlar yuklab olish
Maktabni faollashtirishning oxirgi bosqichi EduERP ma'lumotlar bazasidan maktab ma'lumotlarini yuklab olishdir. Administrator ma'lumotlarni bir necha marta qo‘lda kiritmasligi uchun EduERP ma'lumotlar bazasidan Kundalik tizimiga quyidagi ma'lumotlar yuklanadi:
- ТМ tafsilotlari;
- Sinflar ro‘yxati;
- O‘quvchilar ma'lumotlari bilan ro‘yxat;
- O‘qituvchilar ma'lumotlari bilan ro‘yxat.
Eslatma: maktabni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin Kundalik Tizimiga ma'lumotlarni muvoffaqiyatli yuklash uchun maktabingizga tegishli ma'lumotlar https://erp.maktab.uz/ saytining ma'lumotlar bazasiga kiritilganligiga ishonch hosil qilishingizni tavsiya qilamiz.
Barcha ma'lumotlar yuklangancha brauzer oynasini yopish mumkin emas:
Ma'lumotlarni yuklaganingizdan so‘ng, "Keyingi" tugmasini bosing va maktabni ro‘yxatdan o‘tkazishni yakunlang.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish