TMRni "Metodik yordam" bo‘limidan fan jurnaliga import qilish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- Yuqori o‘ng burchakda, F.I.SH. yonida "Yordam" tugmasini bosing.
- Qidiruv maydoniga "Dars rejasini import qilish" deb yozing va tegishli maqolaga o‘ting.
- Maqola oxirida jurnalga TMRni import qilish uchun biriktirilgan shablonni yuklab oling.
- Yuklab olingan shablonni oching.
- Emaktab sahifasiga o‘ting va "Metodik yordam - TMR" bo‘limini oching.
- Filtrlardan foydalanib kerakli TMRni tanlang va uni kompyuteringizga saqlang.
TMRni jurnalga import qilishda xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun:
- Kompyuteringizda ikkita faylni oching: "Metodik yordam" bo‘limidan yuklab olingan KTP (fayl №1) va maqoladan yuklab olingan shablon (fayl №2).
- Fayl №1 da dars raqamlari va mavzularini belgilang va nusxa oling.
- Nusxa olingan ma'lumotlarni fayl №2 ga joylashtiring.
- Shablondagi uyga vazifalarni o‘chirib tashlang yoki o‘zingiz qo'lda uy vazifalar kiriting.
- Fayl №2 ni kompyuteringizga saqlang.
Tayyor faylni jurnalga import qilish uchun:
- Fan jurnalini oching.
- "Dars rejalashtirish" bo‘limida "Import - Fayldan import qilish" tugmasini bosing.
- Saqlangan fayl №2 ni yuklang.
- Import parametrlari ko‘rsatilgandan so‘ng, "Import qilish" tugmasini bosing.
Batafsil yo‘riqnoma va shablon fayllari ushbu havola orqali mavjud.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish