Ko‘p holatlarda dars tavsifi yoki rejalashtirilishida o‘qituvchilar tomonidan klaviaturada mavjud bo‘lmagan belgilarni kiritish lozim bo‘ladi.
Belgilar jadvali (Alt tugmasi va belgilar kodining kombinasiyasi) yordamida shu jumladan klaviaturada bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga olgan vazifalarni yaratish mumkin.
Klaviatura yordamida kiritish
Қуйидаги жадвалда ўқув жараёнидаги энг кўп қўлланиладиган ва фойдали кодлар кўрсатилган (Window ва Маc ОС учун ҳам фойдаланилади).
Alt-kod | Belgi | Alt-kod | Belgi |
21 | § | 0176 | ° |
251 | √ | 0177 | ± |
0137 | ‰ | 0181 | µ |
0167 | § | 0183 | · |
0171 | « | 0187 | » |
Kerakli belgini kiritish uchun Alt tugmasi bosiladi va bir vaqtda klaviaturaning yon panelidan (klaviaturaning raqamli qismi) kod kiritiladi. Klaviaturaning yuqori qatoridagi raqamlar maxsus belgilarni kiritish uchun ishlatilmaydi! Num Lock yoqilganligiga ishonch hosil qiling.
Agar kod boshida «0» bo‘lsa, uni kiritishingiz kerak. Alt tugmasini qo‘yib yuborgandan keyin belgi paydo bo‘ladi.
Belgilar jadvali orqali kiritish
Maxsus belgilarning to‘liq ro‘yxati operasion tizimda oldindan o‘rnatilgan.
Windows
Jadvalni ochish uchun:
- «Boshlash» tugmasini bosing;
- qidiruv maydoniga «Belgilar jadvali»-ni kiriting;
- natijalar ro‘yxatida «Belgilar jadvali» bandini tanlang.
Belgini kiritish uchun sizga kerak:
- hujjatga kiritiladigan maxsus belgini tanlang;
- «Tanlash» tugmasini, so‘ng «Nusxalash» tugmasini bosing;
- dars yoki uy vazifasi sahifasini / darsni rejalashtirish jadvalini oching va kursorni maxsus belgi kiritmoqchi bo‘lgan joyga qo‘ying;
- sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida menyuni chaqiring, «O‘rnatish» yoki «Ctrl+V» tugmalarni bir vaqtda bosishdan foydalaning.
Mac OS
Maxsus belgilar bilan ishlash uchun tizimni faollashtirish uchun sizga quyidagilar kerak:
- «Til va matn» sozlamalarini oching va «Klaviatura» yorlig‘iga o‘ting;
- Menyu satrida «Klaviatura» va «Belgilar» panellarini ko‘rsatish» punktida tasdiq belgisini ko‘rsating.
Maxsus belgilar panelini ochish uchun:
- «Menyu»-ni oching;
- «Belgilar» panelini tanlagandan so‘ng, maxsus belgilar jadvali ochiladi, bu yerda hujjatga kiritiladigan belgini ikki marta bosishingiz mumkin.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish