Xususiy maktablar tanlangan tarifga muvofiq o‘z o‘quvchilari uchun yillik yagona to‘lov amalga oshiradilar.
Quyida mavjud tariflar haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.
1. “STANDART” tarifi (Emaktab Web)
Ushbu tarif emaktab.uz platformasining barcha asosiy funksiyalaridan veb-brauzer orqali foydalanish imkonini beradi.
Nimalar kiradi:
- o‘quvchi kundaligi;
- dars jadvali;
- davomad va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari;
- xabarlar, bildirishnomalar;
- hisobotlar, analitika va boshqa standart modullar.
Narxi:
1 o‘quvchi uchun yiliga 5 000 so‘m.
Xususiyatlar:
- Obuna har bir o‘quvchiga alohida amal qiladi.
- Kirish faqat veb-versiya orqali (desktop/mobile web).
- eMaktab.Oila ilovasi ushbu tarifga kiritilmagan.
2. “HAMMASI ICHIDA” tarifi (Emaktab PRO)
Kengaytirilgan tarif quyidagilarga to‘liq kirishni taqdim etadi:
- emaktab.uz veb-versiyasi
- ota-onalar uchun eMaktab.Oila mobil ilovasi
Nimalar kiradi:
🔹 Oila funksiyalari va kommunikatsiya
- ota-onalar uchun alohida kirish;
- real vaqt rejimida push-bildirishnomalar (baholar, davomat, uy vazifalari, o‘qituvchi izohlari);
- o‘quv jarayonini doimiy nazorat qilish uchun qulay shaxsiy kabinet.
🔹 Kengaytirilgan analitika
- sinf bo‘yicha, fanlar bo‘yicha, parallel bo‘yicha reytinglar;
- o‘zlashtirish dinamikasi grafiklari;
- bola rivoji bo‘yicha batafsil hisobotlar.
🔹 Xavfsizlik va geolokatsiya funksiyalari
- farzandning joylashuvini real vaqtda ko‘rsatib turuvchi onlayn-treker;
- oshirilgan xavfsizlik darajasi;
- SOS tugmasi: farzand xavf tug‘ilganda darhol ogohlantirish signalini yuborishi yoki yordam xizmatiga tezda murojaat qilishi mumkin.
Narxi:
Bir o‘quvchi uchun yiliga 55 000 so‘m.
Xususiyatlari:
- Obuna oilaviy: o‘quvchining ota-onalari qo‘shimcha to‘lovsiz kirish huquqiga ega.
- Maktab tarifni o‘quvchilar soniga qarab to‘laydi, biroq imkoniyatlardan o‘quvchilarning oilalari foydalanadi.
eMaktab PRO kommunikatsiyani sezilarli darajada soddalashtiradi va oilalarga o‘quv jarayonining kengaytirilgan tahlilini taqdim etadi, shu jumladan reytinglar va individual o‘zgarish dinamikasini.
Xususiy maktablar tariflarni qanday to‘laydi
Ariza topshirish, shartnoma tuzish, hisob-fakturani olish va to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha to‘liq tartib
“Kundalik bilan xususiy maktab uchun shartnomani tuzish yoki uzaytirish bo‘yicha yo‘riqnoma” maqolasida batafsil bayon etilgan.
Qisqa tartibi:
- Maktab tarifni tanlaydi va Arizada o‘quvchilar sonini ko‘rsatadi.
- Shartnoma Didox tizimida imzolangach, maktabga hisob-faktura yuboriladi.
- To‘lov tashkilotning hisob raqamidan yagona to‘lov tarzida amalga oshiriladi.
- To‘lov tasdiqlangandan so‘ng tarif barcha ko‘rsatilgan o‘quvchilar uchun faollashtiriladi.
Agar o‘quvchilar soni o‘zgarsa
O‘quvchilar sonini o‘zgartirish tartibi ham asosiy ulanish yo‘riqnomasida batafsil yoritilgan.
Qisqa tartibi:
- o‘quvchilar soni ortsa, maktab qo‘shimcha Ariza yuboradi;
- yangi hisob-faktura shakllantiriladi;
- to‘lov amalga oshirilgach, tarif qo‘shimcha o‘quvchilar uchun faollashtiriladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish