Elektron kundalikdan foydalanish imkoniyati obuna turi va tizimda o‘rnatilgan qarindoshlik aloqalariga bog‘liq:
- eMaktab PRO — tizimda qarindoshlik aloqalari orqali bog‘langan oila a’zolariga eMaktab.uz sayti va eMaktab.Oila ilovasining PRO funksiyalaridan foydalanish imkonini beruvchi oilaviy obuna.
- eMaktab WEB — muayyan o‘quvchining elektron kundaligiga obuna. Sayt orqali o‘quvchining o‘zi va unga bog‘langan qarindoshlari foydalanishi mumkin. Obuna har bir o‘quvchi uchun alohida rasmiylashtiriladi.
Har bir oila a’zosi o‘z login va paroli bilan o‘z profiliga kiradi.
| Obunalar turi | Mobil ilova | Veb-sayt | Bolaning geojoylashuvi | Reyting |
| eMaktab PRO | ✅ | ✅ | ✅ | ✅ |
| eMaktab WEB | ❌ | ✅ | ❌ | ❌ |
eMaktab PRO obunasi
Obunalar» bo‘limidagi eMaktab PRO blokida «Ushbu obuna kimga tegishli» tugmasini bosing. Obunadan foydalanishi mumkin bo‘lgan oila a’zolari ro‘yxati ochiladi.
Masalan: ota-ona profiliga uch nafar farzand bog‘langan bo‘lsa, bitta oilaviy PRO obunasi ularga va bog‘langan oila a’zolariga tatbiq etiladi. Har bir farzand uchun PRO obunasini alohida to‘lash talab etilmaydi.
eMaktab WEB obunasi
«Obunalar» bo‘limidagi eMaktab WEB blokida «Ushbu obuna kimga tegishli» tugmasini bosing. Obunadan foydalanishi mumkin bo‘lgan o‘quvchi va unga bog‘langan qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
«Obunalar» bo‘limida o‘quvchining WEB obunasi haqida ma’lumot ko‘rsatiladi: uning F.I.Sh., obuna holati va undan foydalanishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchilar.
Ota-ona profilida ma’lumotlar unga bog‘langan har bir farzand bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi. WEB obunasi har bir farzand uchun alohida rasmiylashtiriladi va to‘lanadi.
Xaridlar tarixi va to‘lovni qaytarish imkoniyatini obuna rasmiylashtirilgan profilda tekshirish kerak.
Farzand ota-ona profilida ko‘rinmasa
Farzandingizning kundaligini ko‘rish uchun uning profili va ota-ona profili o‘rtasida qarindoshlik aloqasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bir nechta farzandingiz bo‘lsa, har biri bilan alohida aloqa o‘rnatilishi lozim. Farzandlar turli maktablarda o‘qishi ham mumkin.
Qarindoshlik aloqasini tekshirish yoki qo‘shish uchun sinf rahbari yoki maktab administratoriga murojaat qiling. Batafsil ma’lumot — ikkinchi farzandni qo‘shish va qarindoshlik aloqasini tasdiqlash haqidagi maqolada.
Foydali yo‘riqnomalar
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish