Obuna turi va uning amal qilish muddatini eMaktab.uz saytida tekshirishingiz mumkin. Profilingizga kiring va F.I.Sh. ostidagi menyudan «Obunalar» bo‘limini oching.
To‘lov bo‘yicha yo‘riqnoma «To‘lov usullari» maqolasida keltirilgan.
Obuna holatlari
O‘quvchi uchun faol obuna yo‘q:
Obuna hali rasmiylashtirilmagan yoki oldingi obunaning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, «Obuna bo‘lish» tugmasi ko‘rsatiladi.
«Obuna bo‘lish» tugmasi bosilganda, mavjud to‘lov usullari ko‘rsatilgan oyna ochiladi.
Obunani ota-ona farzandi uchun yoki o‘quvchi o‘z profili orqali rasmiylashtirishi mumkin. Tasdiqlashdan oldin tanlangan obuna, undan kim foydalanishi va to‘lov summasini tekshiring.
O‘quvchida amaldagi obuna mavjud
«Obunalar» bo‘limida amaldagi obuna turi va foydalanish muddati tugaydigan sana ko‘rsatiladi.
eMaktab WEB obunasi:
eMaktab PRO obunasi:
To‘lov amalga oshirilgan, lekin obuna ko‘rinmayotgan bo‘lsa
To‘lov chekidagi login obuna rasmiylashtirilgan profilga mos kelishini tekshiring. Foydalanish imkoniyati ochilmagan bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga to‘liq chek va tizimga kirishda foydalanayotgan loginingizni yuboring.
Ilovada qulf belgilari ko‘rsatilsa
WEB obunasi saytdan, jumladan, telefondagi brauzer orqali foydalanish imkonini beradi. eMaktab.Oila ilovasining PRO funksiyalaridan foydalanish uchun PRO obunasi kerak.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq