Emaktab-ga obuna bo‘lish
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, yangi foydalanuvchi 2 turdagi obunaning birini xarid qilish huquqiga ega bo‘ladi.
- Emaktab web - veb-brauzer orqali barcha emaktab.uz funksiyalarga kirish. Obuna har bir o‘quvchi uchun alohida xarid qilinadi va yiliga 5 000 so‘mni tashkil etadi. (Siz faqat sayt orqali to‘lashingiz mumkin).
- Emaktab PRO - veb-brauzer va eMaktab.Oila ilovasi orqali emaktab.uz ning barcha funksiyalarga kirish. Obuna oilaviy bo‘lib, yiliga 60 000 so‘mni tashkil qiladi. Obunani sayt orqali ham, ilova orqali ham xarid qilish mumkin.
Obunalarni boshqarish sahifasiga o‘tish uchun:
- ekraning yuqori o‘ng qismida foydalanuviningfamiliyasini bosish;
- ochiladigan menyuda «Obunalar» tugmasini tanlash;
- sizni qiziqtirgan obunaning narxining ostidagi «Obuna bo‘lish» tugmasini bosish.
Mavjud to‘lov usullari:
- Click to‘lov tizimi orqali to‘lov;
- Payme to‘lov tizimi orqali to‘lov;
- emaktab.uz loginidan foydalangan holda bank ilovalari orqali to‘lov;
- eMaktab.Oila ilovasi orqali PRO obunasi uchun to‘lov.
MUHIM: to‘lov tizimlari orqali obunani xarid qilish uchun "Sozlamar ~ Login va parol" blokida paski qismida ko‘rsatilgan logindan foydalanish lozim:
Click to‘lov tizimi orqali to‘lovlar
To‘lov tizimi – to‘lov usulini bosganingizda, Tizim foydalanuvchini click.uz saytiga o‘tkazadi:
1. Agar foydalanuvchining qurilmasida Click ilovasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, u “Ro‘yxatdan o‘tmasdan to‘lash” blokiga o‘z karta ma'lumotlarini kiritib to‘lovni amalga oshirishi mumkin. To‘lovni tasdiqlash uchun qanday buyruqni terish kerakligi haqida ko‘rsatma bilan foydalanuvchining telefoniga SMS keladi. Foydalanuvchi SMS-dan qadamlarni bajarmaguncha, to‘lov tugallanmaydi va obuna faollashtirilmaydi.
2. Agar foydalanuvchining telefonida Click ilovasi o‘rnatilgan bo‘lsa, u telefon raqamini “Hisob chiqarish orqali to‘lash” blokiga kiritishi kerak. Ilova siz tanlagan obuna miqdori uchun hisobni ilovaga jo‘natadi. To‘lovni yakunlash uchun ilovaga kelgan hisobni to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Bank ilovalari orqali to‘lovlar
Misol sifatida Click up ilovasini ko‘rib chiqamiz:
Emaktab obunasini bank ilovasi orqali xarid qilish uchun, emaktab.uz tizimidagi loginni bilishingiz kerak.
Loginingizni ko‘rish uchun kerak bo‘ladi:
- login va parolingiz yordamida emaktab.uz veb-saytiga kiring;
- yuqori o‘ng burchakdagi ismni ustidan bosing;
- ochiladigan menyuda "Sozlamar"-ni tanlang;
- ochilgan oynada "Profil" blokidan "Login va parol" obuna blokining pastda ko‘rsatilgan loginni nusxalang yoki ko‘rib oling.
Eslatma: login yonidagi to‘rtburchakni bosish orqali identifikatorni nusxalashingiz mumkin.
- ilovaga o‘ting;
- "To‘lov - Ta'lim" bo‘limini tanlang;
- Emaqktab xizmatini tanlang:
- emaktab tizimidagi loginni kiritish;
- obuna turini tanlash;
- to‘lovni tasdiqlash uchun "Davom etish" tugmasini bosish:
eMaktab.Oila ilovasi orqali PRO obunasi uchun to‘lovlar
Ilova orqali to‘lovni amalga oshirish uchun karta ma`lumotlarini kiritish lozim bo`ladi.
Ilova orqali obunani xarid qilish uchun:
- ilovaga ota-ona/o‘quvchi login va paroli bilan kiring;
- "Profil'" bo‘limiga o‘ting;
- "PRO versiyasiga kirish huquqida ega bo‘lish" tugmasini bosing:
- sizni qiziqtirgan obunani tanlang va "Obunani boshlash" tugmasini bosing
Eslatma 1:
Ilovada oylik yoki yillik obunalar tanlovi mavjud:
- "Bir oy uchun" - oylik to‘lov bilan obuna;
- "12 oyga" - yillik to‘lov bilan obuna.
Eslatma 2: barcha obunalarda avtomatik to‘lovni yangilash mavjud.
Barcha obunalar kalendar' yil (akademik yil emas) yoki kalendar' oy uchun amal qiladi (tanlangan obuna variantiga qarab).
Yillik obunani xarid qilganda, ilovadan foydalanishning birinchi 7 kun bepul taqdim etiladi. Obuna to‘lovi 7 kundan keyin avtomatik ravishda kartadan yechiladi.
7 kun bepul sinab ko‘rish” tugmasi ostida “Biz 1 so‘mni yechib qaytaramiz. Keyin yiliga 60 000 so‘m” deb yozilgan.
To‘lovga o‘tish orqali siz «Xizmat ko'rsatish shartlarini» qabul qilasiz.
“To‘lovga o‘tish orqali Servisdan foydalanish shartlarini foydalanuvchi qabul qiladi. Obuna rasmiylashtirilgandan so‘ng u foydalanuvching ilovasida yoki eMaktab.uz saytida faollashadi.”
Servisdan foydalanish shartlarida, har bir foydalanuvchi xarid yoki sinov muddati tugmasini bosishdan oldin tanishib chiqishi kerak bo‘lgan hujjatda, 10-bandda ko‘rsatilgan «Xizmat ko'rsatish shartlarini»
Tariflar xaqida batafsil ma'lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.
E'tibor bering: o‘quv yili davomida kompaniya har xil xizmatlar va obunalarning kombinatsiyasiga bo‘lgan talab bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishi mumkin, ularning narxi maqolada ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin. Bu xizmatlar va obunalar cheklangan foydalanuvchilar auditoriyasi uchun vaqtincha mavjud.
Agar to‘lov o‘tkazish vaqtida qiyinchiliklarga duch kelsangiz, brauzeringizda cookie fayllari yoqilganligiga ishonch hosil qiling. Батафсил маълумот
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq