Maktab xodimlari va o‘quvchilarini ERP.MAKTAB.UZ bilan bog‘lash bo‘yicha yo‘riqnoma
Ma’muriyat bo‘limiga o‘tish
Bog‘lash jarayonini amalga oshirish uchun “Ma’muriyat” bo‘limiga o‘tiladi va “Maktab xodimlarini ERP.MAKTAB.UZ bilan bog‘lash” bandi tanlanadi.
Foydalanuvchini bog‘lash
Tizimga kirilgandan so‘ng toifa tanlanadi: o‘quvchilar yoki xodimlar.
Agar o‘quvchini bog‘lash amalga oshirilsa:
Chap jadvalda o‘quvchining sinfi va F.I.Sh. ko‘rsatiladi.
O‘ng jadvalda “Sinf ERP.MAKTAB.UZ da” bo‘limidan mos sinf tanlanadi, so‘ngra aynan shu o‘quvchi tanlanadi.
Jarayonni yakunlash uchun “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.
Agar o‘qituvchini bog‘lash amalga oshirilsa:
Chap jadvaldan o‘qituvchining F.I.Sh. tanlanadi.
O‘ng jadvaldan aynan shu F.I.Sh. tanlanadi.
So‘ng “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.
Bog‘lash jarayonida yuzaga keladigan xatoliklar
Xatolik: Foydalanuvchi topilmadi
O‘quvchi yoki o‘qituvchini bog‘lash vaqtida chap jadvalda barcha kerakli ma’lumotlar ko‘rsatiladi, ammo o‘ng jadvalda mos F.I.Sh. mavjud bo‘lmaydi yoki “Shaxslar topilmadi” degan xabar chiqadi.
Bunday holatda foydalanuvchining tizimda mavjudligini va ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish uchun ERP mutaxassisiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Xatolik: Boshqa foydalanuvchi bilan bog‘langan
O‘quvchini bog‘lash jarayonida chap va o‘ng jadvalda bir xil F.I.Sh. tanlangan bo‘lsa ham, “Tasdiqlash” tugmasi bosilganda quyidagi xabar chiqishi mumkin:
“Ushbu shaxs sizning maktabingizda ERP.MAKTAB.UZ tizimida boshqa shaxs bilan bog‘langan. Maktab administratoriga murojaat qiling.”
Mazkur holat o‘quvchi avval boshqa maktabda ro‘yxatdan o‘tgan va faol login hamda parolga ega bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi.
Muammoni hal qilish uchun:
o‘quvchining oldingi maktabiga murojaat qilib, uning amaldagi loginini aniqlash;
o‘quvchini tizimga “tizimda mavjud foydalanuvchi” sifatida, aniqlangan login orqali qo‘shish;
zarurat tug‘ilganda ma’lumotlarni to‘g‘ri ko‘chirish uchun tuman xalq ta’limi bo‘limiga (rayono) rasmiy xat bilan murojaat qilish tavsiya etiladi.
Agar maktab administratori o‘quvchini “tizimda mavjud foydalanuvchi” sifatida qo‘shmagan bo‘lsa, qo‘shimcha tekshiruv va muammoni bartaraf etish uchun ERP mutaxassislariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish