Ta'lim tashkilotiga qo‘shilgan foydalanuvchi shaxsiy profil sozlamalarida taklifnomani tasdiqlashi kerak.
"Odamlar" blokiga to‘liq kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir yoki ma'mur, shuningdek o‘z sinfi doirasida sinf rahbari foydalanuvchilarni ta'lim muassasasiga kiritishi mumkin.
Xodimni / o‘quvchini ta'lim muassasasiga qanday qo‘shish mumkin?
Qo‘shish uchun sizga kerak bo‘ladi:
1. «Ma'muriyat» bo‘limini oching va «Yangi odam» havolasini bosing.
2.Qo‘shish uchun «Tizimda mavjud foydalanuvchi» turini tanlang.
3. Quyidagilarni ko‘rsating:
- foydalanuvchi roli («Xodim» yoki «O‘quvchi») va tegishli ma'lumotlar;
- familiya va ismi;
- foydalanuvchining logini.
Ma'lumotlarni kiritgandan so‘ng, tizim foydalanuvchini qidiradi va ma'lumotlarni tekshiradi:
4. Foydalanuvchini qo‘shilishini tasdiqlang.
Keyin tizim qo‘shimcha so‘rov yuborilganligi haqida sizni xabardor qiladi va foydalanuvchini «Qo‘shilish uchun so‘rovlar» ro‘yxatiga kiritadi:
Qanday qilib ota-onani tashkilotga qo‘shish mumkin?
Qo‘shish uchun sizga kerak bo‘ladi:
1. «Boshqaruv» bo‘limini oching va «Odamlar ro‘yxati» havolasini bosing.
2. Ota-onasini ta'lim muassasasiga qo‘shmoqchi bo‘lgan o‘quvchining ism familiyasi bo‘yicha toping.
3. Ism ustiga bosish orqali o‘quvchi profilining sozlamalarini oching va «Qarindoshlar» yorlig‘iga o‘ting.
4. «Qarindosh qo‘shish» havolasini bosing.
5. Sizga kerak bo‘lgan variantni tanlang:
- «Maktabingizdan» - agar qonuniy vakilning ushbu tashkilotda o‘qiyotgan bolalari bo‘lsa va ular bilan oilaviy munosabatlar o‘rnatilgan bo‘lsa.
- «Boshqa maktabdan» - agar qonuniy vakilning boshqa ta'lim tashkilotlarida o‘qiyotgan va ular bilan oilaviy munosabatlarni o‘rnatilgan bolalari bo‘lsa.
6. Tizimda qidirish uchun qonuniy vakilning ism familiyasi va loginini ko‘rsating.
7. Ma'lumotni kiritgandan so‘ng, tizim ma'lumotni tekshiradi va agar biron bir xato topilmasa, siz aloqaning qo‘shilishini tasdiqlashingiz kerak.
Кейинчалик, тизим сизга қўшимча сўров юборилганлиги ҳақида хабар беради ва фойдаланувчини «Қўшилиш учун сўровлар» рўйхатида кўрсатади.
Фойдаланувчи ташкилотга таклифни қандай тасдиқлаши мумкин?
Қўшиш сўровини яратгандан сўнг, фойдаланувчининг шахсий саҳифасида ташкилотга киришга таклиф қилинганлиги тўғрисида билдиришнома ва шахсий профил созламаларига ўтиш учун ҳаволаси бўлган қалқиб чиқувчи ойна пайдо бўлади:
«Таклифномага ўтиш» кўк тугмачасини босганингизда, фойдаланувчи «Созламалар» бўлимига - таклиф қўрсатилган «Хавфсизлик» ёрлиғига киради.
Агар ташкилотнинг тўғрилигига шубҳа туғилмаса, фойдаланувчи «Ташкилотга киришга рухсат бериш» ҳаволасига ўтиб, «Тасдиқлаш» тугмасини босиш орқали қўшилишни тасдиқлаши керак.
Агар бирон бир шубҳа туғилса, фойдаланувчи «Рад этиш» тугмачасини босиш орқали таклифномани бекор қилиши мумкин.
Эслатма: қўшиш сўрови олинган ташкилотни унинг номини босиш ва очилган саҳифадаги маълумотларни текшириш орқали текширишингиз мумкин.
Ташкилотга қўшилгандан сўнг, фойдаланувчи ушбу ташкилотнинг маълумотларига кириш ҳуқуқига эга бўлади ва унинг исм фамилияси «Бошқарув» - «Одамлар рўйхати» бўлимидаги «Қўшилиш учун сўровлар» рўйхатидан йўқолади.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish