Kim uchun: maktab direktorlari, administratorlari va buxgalterlari
Xizmat eMaktab’ga ulangan va amaldagi obuna uchun to‘lovni amalga oshirgan maktablar uchun mavjud. Xizmatni ulash uchun alohida haq olinmaydi.
To‘lov uchun komissiya
Hisob summasining 1% miqdoridagi komissiyani ota-ona to‘laydi. Komissiya to‘lov summasiga qo‘shiladi, maktab esa hisobda ko‘rsatilgan summani to‘liq oladi.
Masalan, maktab 100 000 so‘mlik hisob chiqarsa, ota-ona 101 000 so‘m to‘laydi. Shundan 100 000 so‘m maktab hisob raqamiga tushadi.
Agar maktab hali eMaktab’ga ulanmagan bo‘lsa
Avval maktabni eMaktab platformasiga ulashni rasmiylashtirish kerak:
- ulanish uchun arizani to‘ldirish;
- Didox orqali shartnoma va hisobni olish;
- shartnomani elektron shaklda imzolash;
- obuna uchun to‘lovni amalga oshirish.
To‘lov kelib tushgandan keyin maktabning eMaktab’dan foydalanish imkoniyati faollashtiriladi va maktab to‘lovlari xizmatini ulash jarayoni boshlanadi.
Batafsil: Ta’lim tashkilotini eMaktab’ga qanday ulash mumkin.
Agar maktab eMaktab’da ishlayotgan bo‘lsa
- Maktab to‘lovlari xizmatini ulash uchun arizani to‘ldiring.
- Maktab rekvizitlarini ko‘rsating.
- Arizani team@emaktab.uz elektron manziliga yuboring.
- eMaktab mutaxassisining qo‘ng‘irog‘ini kuting hamda ko‘rsatilgan rekvizitlarni tasdiqlang.
- Tasdiqlangandan keyin eMaktab mutaxassisi rekvizitlarni tizimga kiritadi va xizmatni faollashtiradi.«To‘lovlar» bo‘limidan foydalanish imkoniyati mavjudligini tekshiring.
- Zarur bo‘lsa, mutaxassis birinchi sinov hisobini yaratishga yordam beradi.
Arizada qanday ma’lumotlarni ko‘rsatish kerak
- yuridik shaxsning to‘liq rasmiy nomi;
- maktabning STIRi;
- maktab turi: davlat yoki xususiy;
- hisob-kitob raqami;
- davlat maktabining budjet hisob raqami uchun shaxsiy hisobvaraq;
- bank nomi va MFO;
- maktabning yuridik manzili;
- maktab nomidan shartnomani imzolovchi shaxsning F.I.Sh. va lavozimi;
- mas’ul shaxs — direktor yoki bosh buxgalterning F.I.Sh. va telefon raqami.
Maktab turiga qarab rekvizitlar. Davlat maktabi bitta arizada budjet va budjetdan tashqari hisob raqamlarini ko‘rsatishi mumkin. Xususiy maktab faqat budjetdan tashqari hisob raqamini ko‘rsatadi.
Ariza uchun ma’lumotlar namunasi
E’tibor bering. Maktab rekvizitlarini tizimga eMaktab xodimlari kiritadi. Ularni maktab kabinetida mustaqil ravishda o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish