Kimlar uchun: ulangan maktablarning direktorlari va buxgalterlari
Hisoblarni butun sinfga yoki alohida o‘quvchilarga taqdim etish mumkin. Zarur bo‘lsa, har bir o‘quvchi uchun alohida summa belgilash mumkin.
1-qadam. Hisob yaratish
- Maktab to‘lovlari xizmatidan foydalanish huquqi berilgan xodim profili orqali eMaktab’ga kiring.
- «To‘lovlar» bo‘limini oching.
- «Hisobvaraq chiqarish» tugmasini bosing.
- Maktabning hisob raqamini tanlang:
- budjet;
- budjetdan tashqari.
Eslatma. Xususiy maktablar uchun faqat budjetdan tashqari hisob raqamidan foydalaniladi.
- Xizmat toifasini tanlang: «Ovqatlanish», «Qo‘riqlash», «To‘garak», «Uzaytirilgan kun guruhi» yoki «Boshqa».
- Ota-ona ko‘radigan tushunarli tavsifni kiriting. Masalan: «Sentabr oyining birinchi yarmi uchun ovqatlanish».
- Sinfni tanlang.
- Hisob taqdim etilayotgan oyni ko‘rsating.
- To‘lov muddatini ko‘rsating.
- Hisob summasini so‘mda kiriting.
- Maktabning hisob raqami, toifa, tavsif, sinf, oy, to‘lov muddati va summani tekshiring. So‘ng «Qo‘llash» tugmasini bosing.
2-qadam. O‘quvchilarni tanlash
«Qo‘llash» tugmasi bosilgandan so‘ng tanlangan sinf o‘quvchilarining ro‘yxati ko‘rsatiladi.
- Hisobni butun sinf uchun qoldiring yoki hisob taqdim etilishi kerak bo‘lmagan o‘quvchilarni ro‘yxatdan chiqarib tashlang.
- Zarur bo‘lsa, alohida o‘quvchi uchun summani o‘zgartiring.
- O‘quvchilar ro‘yxati va ko‘rsatilgan summalarni yana bir bor tekshiring.
- «Hisoblarni taqdim etish» tugmasini bosing.
Natija
Yaratilgan hisoblar umumiy ro‘yxatda «Taqdim etildi» holati bilan ko‘rsatiladi. Ota-onalar eMaktab mobil ilovasida push-bildirishnoma oladilar.
Muhim. Hisobni maktab kabinetida faqat ota-ona uni to‘laguniga qadar bekor qilish mumkin. Agar hisob to‘langan bo‘lsa, uni eMaktab’da bekor qilib bo‘lmaydi. Pul mablag‘larini qaytarish uchun maktab xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilishi kerak.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish