«Shaxsni / foydalanuvchini tiklash» operatsiyasi adminstrator va «Odamlar» blokiga kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir uchun mavjud va agar loyiha ishtirokchisi yana ta'lim muassasasida o‘quv jarayonining ishtirokchisi bo‘ladigan bo‘lsa, «Arxiv» ro‘yxatidan foydalanuvchi yoki shaxsni tiklashga imkon beradi.
Qayta tiklash operatsiyasini bajarish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- «Boshqaruv» bo‘limiga o‘ting, «Odamlar» bo‘limidagi «Odamlar ro‘yxati» havolasini bosing;
- ochilgan «Odamlarni qidirish» sahifasida «Arxiv» yorlig‘iga o‘ting;
- berilgan parametrlar bo‘yicha qidiruv maydonchasi yordamida tiklanadigan shaxsni / foydalanuvchini toping;
- tahrirlash rejimiga kirish uchun shaxsning ism familiyasidan so‘ng ko‘rsatilgan qalam belgisini bosing;
- «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching va o‘ng ustundagi buyruqlarning «Tiklash» buyrug‘ini bosing.
Xodim uchun tashkilotdagi roli ko‘rsatiladi:
O‘quvchi uchun o‘quv yili va sinfi ko‘rsatiladi:
- tiklash turini tanlang:
- «Haqiqiy» - bu ishtirokchini tashkilotdan chiqib ketgani va keyin yana shu ta'lim tashkilotiga qaytib kelganligini anglatadi.
- «Xatolik tufayli» ishtirokchining tashkilotni tark etmaganligi, ammo xato tufayli chiqarib yuborilganligini anglatadi.
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing;
- ma'lumotlarni tekshiring va «Tiklash!» tugmasini bosing.
Ta'lim tashkilotida tiklanishni yakunlash uchun foydalanuvchi o‘z profilining sozlamalarida tashkilotga kirish taklifini qabul qilishi kerak. Batafsil ma'lumotni ushbu maqolada o‘qing:
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish