«Odamlar» blokiga kirish huquqiga ega bo‘lgan administrator yoki muharrir, ta'lim tashkilotida bo‘lgan har qanday foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini tahrirlashi mumkin.
Buning uchun qyidagilar zarur:
- «Boshqaruv» bo‘limiga o‘ting;
- bundan keyin «Odamlar» blokidagi «Odamlar ro‘yxati» yorlig‘iga o‘ting;
- qidirish satridan foydalaning.
Ma'lumotni tahrirlash rejimiga o‘tish uchun foydalanuvchi nomiga yoki FISh satridagi qalam belgisini bosishingiz kerak. Natijada, «Shaxsiy ma'lumotlar» yorlig‘i ochiladi.
Xodimning «Shaxsiy ma'lumotlar» yorlig‘ida quyidagilar mavjud:
- ism familiyani (FISh), jinsini, tug‘ilgan sanasini tahrirlash;
- aloqa ma'lumotlarini qo‘shish;
- ma'muriy huquqlarni qo‘shish;
- ta'lim tashkilotidagi lavozimni ko‘rsatish (agar kerak bo‘lsa, lavozim nomini kiritish);
- ishlash turini (to‘liq, to‘liq bo‘lmagan ish kunini) ko‘rsatish;
- kvalifikasiya va ta'lim to‘g‘risidagi ma'lumotni ko‘rsatish;
- pedagogik faoliyati boshlangan sanani kiritish;
- ilmiy darajasi va mukofotlarni kiritish;
- shaxsni tasdiqlovchi xujjatni ko‘rsatish;
- aloqa ma'lumotlarini kiritish.
Ota-onaning «Shaxsiy ma'lumotlar» yorlig‘ida quyidagi mavjud:
- ismi familiyasini (FISh), jinsini, tug‘ilgan sanasini tahrirlash;
- ish joyini va lavozimini ko‘rsatish;
- shaxsni tasdiqlovchi xujjatni ko‘rsatish;
- aloqa ma'lumotlarini qo‘shish.
O‘quvchining «Shaxsiy ma'lumotlar» yorlig‘ida quyidagilar mavjud:
- ismi familiyasini (FISh), jinsini, tug‘ilgan sanasini tahrirlash;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish;
- ishining raqamini kiritish;
- aloqa ma'lumotlarini qo‘shish.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish