Obunalarni boshqarish sahifasiga o‘tish uchun:
- ekranning yuqori o‘ng qismida profil F.I.Sh. yonidagi strelkani bosing;
- ochiladigan menyudan «Obunalar» tugmasini tanlang.
«Obunalar» sahifasidan «O‘quvchi» va «Ota-ona» rollariga ega foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. eMaktab’da obunaning ikki turi mavjud:
- eMaktab WEB — elektron kundalikdan sayt orqali, jumladan, telefondagi brauzer orqali foydalanish imkoniyati. Obuna har bir o‘quvchi uchun alohida rasmiylashtiriladi.
- eMaktab PRO — saytning WEB versiyasi va eMaktab.Oila ilovasining PRO funksiyalaridan foydalanish imkoniyati. Oilaviy obuna tizimda qarindoshlik aloqalari o‘rnatilgan oila a’zolariga tatbiq etiladi.
Quyida obunalar narxi va to‘lov usullari keltirilgan.
www.emaktab.uz sayti orqali to‘lov
a) emaktab.uz saytining web-versiyasiga yillik obuna narxi har bir o‘quvchi uchun 5 000 so‘mni tashkil qiladi.
b) eMaktab PRO uchun to‘lov narxi 80 000 so‘mni tashkil qiladi.
www.emaktab.uz sayti orqali kirish tariflari:
| Emaktab web | Emaktab PRO | |
| Narxi | 5 000 so‘m | 80 000 so‘m |
| Amal qilish muddati | 365 kun | 365 kun |
Ilova orqali to‘lov
а) eMaktab PRO uchun 1 yilga (365 kun) to‘lov narxi 80 000 so‘mni tashkil qiladi.
b) eMaktab PRO uchun 1 oyga (30 kun) to‘lov narxi 20 000 so‘mni tashkil qiladi.
Izoh: PRO obunasi foydalanuvchiga qarindoshlik aloqalari orqali bog‘langan barcha oila a’zolariga emaktab.uz saytining WEB versiyasidan foydalanish imkonini ham beradi.
Ilova orqali kirish tariflari:
| Bir oyga Emaktab PRO | Bir yilga Emaktab PRO | |
| Narxi | 20 000 so‘m | 80 000 so‘m |
| Amal qilish muddati | 30 kun | 365 kun |
emaktab.uz saytida obunalar panelining ko‘rsatilishi
O‘quvchi uchun obuna to‘lovi panelida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Agar faol obuna mavjud bo‘lsa:
Obuna holati «Amalda» deb ko‘rsatiladi:
Shuningdek, obunadan foydalanishning tugash sanasi «KK.OO.YYYY gacha foydalanish mumkin» shaklida ko‘rsatiladi.
eMaktab WEB obunasi mavjud:
Obunani bekor qilish
Obunani bekor qilish tartibi va to‘lovni qaytarish shartlari obunani bekor qilish bo‘yicha yo‘riqnomada bayon etilgan.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq