Maktablar faoliyati – bu hududdagi barcha maktablarning EJKda ishlash faolligini monitoring qilish uchun integral ko‘rsatkichdir.
Ko‘rsatkichning ruxsat etilgan chegarasi:
- maktablar uchun kamida 100%;
- ta'lim boshqarmasi tashkilotlari uchun kamida 100%.
Maktab / tuman / viloyat darajasida ko‘rsatkichni bajarish uchun maktab ko‘rsatkichlarining barcha bloklari bajarish doirasida bo‘lishi kerak, ya'ni har bir ko‘rsatkich ko‘rsatilgan chegarada bajarilishi kerak.
Quyidagi bloklar "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichiga ta'sir etadi:
Blok | Maktab uchun foiz chegarasi | Ta'lim boshqarmalari uchun foiz chegarasi | Qo‘rsatgichni bajarish |
"O‘qituvchilar" | 100% | 100% | Yangi profillarni faollashtirish |
"O‘quvchilar" | 85% | 85% | Yangi profillarni faollashtirish |
"Ota-onalar" | 85% | 85% | Yangi profillarni faollashtirish |
"Dars jadvalini to‘liqligi" | 100% | 100% | har bir sinf uchun, 1 haftada, kamida 9-ta dars berilishi kerak |
"Darslarni rejalashtirish" | 100% | 100% | Taqvim rejada mavzular va UV-lar |
"Sinf jurnallarini yuritish" | 100% | 100% |
Jadvaldagi har bir dars uchun kamida bitta shart bajarilishi kerak:
|
Elektron kundaliklar bilan qamrab olish | 90% | 90% |
O‘quvchilarning umumiy sonidan, elektron kundalikka obunasi faol o‘quvchilar ulushi. |
Ota-onalarning ishtiroki | 70% | 70% |
Maktabdagi o‘quvchilarning umumiy sonidan bir hafta davomida ko‘rilgan elektron kundaliklarning ulushi. |
Raqamlashtirilgan UV ni berilishi | 3% | 50% |
Tanlangan hisobot haftasida smart.emaktab.uz portalida kamida bitta uy vazifasini bergan o‘qituvchilarning maktabdagi umumiy o‘qituvchilar sonidagi ulushi. |
Viloyat va tumanlar bo'yicha hisoblash misoli:
1-misol: Namangan viloyatida jami 712 ta maktab mavjud bo'lib, shundan 115 ta "Maktab faoliyati" ko'rsatgichi bo'yicha yuqori toifaga ega. Shuning uchun mintaqa uchun ko'rsatkich quyidagicha hisoblanadi: 115/712, ya'ni mintaqa uchun faollik ko'rsatkichi 16% ga teng bo'ladi.
2-misol: Toshkent shahri, Mirzo – Ulug‘bek tumanida jami 40 ta maktab mavjud bo‘lib, shundan 31 ta "Maktab faoliyati" ko'rsatgichi bo'yicha yuqori toifaga ega. Shunday qilib, tuman bo'yicha ko'rsatkich 31/40 hisoblanadi, ya'ni tuman faolligi ko'rsatkichi 77% ga teng bo'ladi.
Maktab kesmida hisoblash misoli:
1-misol: Maktab yuqoridagi barcha ko‘rsatkichlarga belgilangan darajada javob beradi. Shunda, "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: 100/9 * 9, ya'ni 100% ga teng bo‘ladi.
2-misol: maktabda "Dars jadvalini to‘liqligi" ko‘rsatkichi 69% (100% bo‘lishi kerak), "Ota-onalar" ko‘rsatkichi 53% (kamida 85% bo‘lishi kerak), qolgan 4 ko‘rsatkichlar belgilangan darajada bajariladi. Shunda, "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: 100/9 * 7, ya'ni 78% ga teng bo‘ladi.
3-misol: Maktab ko‘rsatkichlardan faqat bittasini - "Ota-onalar" ko‘rsatgichini belgilangan darajada bajaradi. Shunda, "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: 100/9 * 1, ya'ni 11% ga teng bo‘ladi.
Tuman / viloyat / respublika darajasida "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichi, ko‘rsatkich bo‘yicha yuqori toifadagi maktablarning ulushi sifatida hisoblanadi. Yuqori toifaga kirish uchun maktabning "Faollik" ko‘rsatkichi kamida 100% bo‘lishi kerak.
Eslatma: "Jurnalni o‘z vaqtida yuritish" bloki, "Maktablar faoliyati" ko‘rsatgichiga ta'sir qilmaydi.
Shahar / tuman kesimida ma'lumotni ko‘rish jarayonida siz o‘tgan haftaga nisbatan tendentsiyaga va fonning rang sxemasiga e'tibor berishingiz kerak.
- Kam (0-82%) - ikki yoki undan ortiq ko‘rsatkichlarda (1-7 / 9) kerakli qiymatga yetmagan TM-lar hisobga olinadi.
- O‘rtacha (83-99%) - bitta ko‘rsatgich bo‘yicha kerakli qiymatga yetmagan TM-lar hisobga olinadi, qolgan ko‘rsatkichlar esa bajarilgan: (8/9).
- Yuqori (100%) - barcha ko‘rsatkichlar uchun kerakli darajaga yetgan TM-lar hisobga olinadi (9/9).
Maktab bo‘yicha qaysi ko‘rsatkichga bajarilmaganini aniqlash uchun ochilgan oynada maktab nomini bosish tavsiya etiladi, ko‘rsatkichlar bilan bloklar ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatkichlar bloklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot Ushbu BO‘LIMDA ko‘rsatilgan.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq