Blokda quyidagi maʼlumotlar mavjud:
- foydalanuvchilar toifalarining nomlanishi;
- faollashtirilgan foydalanuvchilar % ;
- faollashtirilmagan shaxslar soni ;
- tanlangan koʼrsatkich dinamikasi grafigi (/ indikatorini bosish orqali).
Jurnalni oʼz vaqtida yuritish
"Jurnalni oʼz vaqtida yuritish" - bu maktab tomonidan barcha baholar ichida oʼz vaqtida berilgan baholar ulushi.
Taʼlim tashkiloti kesmasida:
«Jurnalni oʼz vaqtida yuritish» koʼrsatgichi dars kunida soat 21:00 gacha (ikki smenali mashgʼulot oʼtkaziladigan muassasalar uchun, ertasi kuni soat 13:00 gacha) kiritilgan belgilar va kiritilgan yoki tahrirlangan baholarning jamlangan foizlarini quyidagi ish turlari uchun oʼlchaydi:
- DJ – Darsda javob;
- DX – Darsdagi xulqi;
- DI -Darsda ishlash;
- Yo – Yoddan.
Eslatma: Baho quyidagi xolatlarda ham oʼz vaqtida kiritilgan deb hisoblanadi:
- baho oʼz vaqtida kiritilmagan, lekin oʼz vaqtida tahrirlangan;
- baho oʼz vaqtida kiritilmagan, lekn oʼz vaqtida tahrirlangan.
1-misol: 27-mart kuni boʼlib oʼtgan dars uchun 7–ta baholar va 3-ta davomat belgisi kiritilgan. Darsdagi ish turi - DJ (darsda javob).
- 2-ta baho 26 martda kiritilgan;
- 4-ta baho va 2-ta davomat belgisi 27 martda kiritilgan;
- 1-ta baho va 1-ta davomat belgisi 28 martda kiritilgan.
27.03-dan 27.03-gacha boʼlgan davr uchun hisobot tuzamiz.
27 mart kuni oʼtkazilgan dars uchun 6 baho oʼz vaqtida (dars kunida), 3 - kechiktirib belgilangan. Umumiy sonni hisoblab chiqqandan soʼng, biz 10-ta belgilardan 4-tasi oʼz vaqtida kiritilganini koʼramiz. Ish turi DJ (darsda javob) boʼlgani uchun, ushbu belgilar koʼrsatgichni hisoblashda hisobga olinadi.
Shunday qilib, «EJK-ni yuritish statistika» hisobotidagi koʼrsatkich 57% ni tashkil qiladi.
Umumtaʼlim muassasasi boʼyicha umumiy koʼrsatkich kamayadi.
2-misol: 28-mart kuni boʼlib oʼtgan dars uchun 15-ta baholar va 6-ta davomat belgilari kiritilgan. Darsdagi ish turi - N / I (nazorat ishi).
- 28 martda 3 ta baho kiritilgan;
- 29 mart kuni 11 ta baho va 2 ta ishtirok belgisi kiritilgan;
- 1-ta baho va 4 ishtirok belgisi 30 martda kiritilgan.
28 martdan 28 martgacha boʼlgan davr uchun hisobot tuzamiz.
Ish turi N / I (nazorat ishi) boʼlganligi sababli, koʼrsatgichni hisoblashda kiritilgan baholar va davomat belgilari hisobga olinmaydi.
Shunday qilib, «EJK-ni yuritish statistikasi» hisobotidagi koʼrsatgichni tuzib boʼlmaydi va hisobotda «chiziqcha» belgisi koʼrsatiladi. Umumiy tashkilot koʼrsatgichi kamaytirilmaydi.
3-misol: 29 mart kuni boʼlib oʼtgan dars uchun biron bir baho, sharh va davomat belgisi kiritilmagan. Darsdagi ish turi - DJ (darsda javob).
29 martdan 29 martgacha boʼlgan davr uchun hisobot tuzamiz.
Ushbu dars uchun biron bir baho, sharh va davomat belgisi kiritilmaganligi sababli ushbu dars koʼrsatgichni hisoblashda hisobga olinmaydi.
Shunday qilib, «EJK-ni yuritish statistikasi» hisobotidagi koʼrsatgichni tuzib boʼlmaydi va hisobotda «chiziqcha» belgisi koʼrsatiladi. Umumiy tashkilot koʼrsatgichi kamaytirilmaydi.
4-misol: 30-mart kuni oʼtkazilgan dars uchun 31-mart kuni 10-ta baholar kiritilgan. Darsdagi ish turi - DJ (darsda javob).
30martdan 30 martgacha boʼlgan davr uchun hisobot tuzamiz.
Belgilangan vaqtdan keyin (birinchi smenada soat 21:00 dan keyin va ikkinchi smena uchun darsdan keyingi kun soat 12:00 dan keyin) darslar uchun baholar, qatnashish belgilari, sharhlar oʼrnatilganligi sababli, «EJK-ni yuritish statistikasi» hisobotidagi koʼrsatkichi 0% teng boʼladi.
Shunday qilib, «EJK-ni yuritish statistikasi» hisobotidagi koʼrsatkich 0% ga ega boʼladi.
Koʼrsatkichning ruxsat etilgan chegarasi kamida 100% ni tashkil qiladi.
Taʼlim boshqarmalari kesmasida:
Tuman / viloyat / mamlakat darajasida "Maktablar faoliyati" koʼrsatkichi, koʼrsatkich boʼyicha yuqori toifadagi maktablarning ulushi sifatida hisoblanadi. Yuqori toifaga kirish uchun maktabning "Faollik" koʼrsatkichi kamida 100% boʼlishi kerak.
1-misol: Tumanda 2 ta maktab mavjud:
- 1-maktabda koʼrsatkich 100% (kamida 100% boʼlishi lozim) - oʼz vaqtida;
- 2-maktabda koʼrsatkich 100% (kamida 100% boʼlishi lozim) - oʼz vaqtida;
Boshqaruvchi tashkilot doirasida hisobot tuzishda u 2/2 ga teng boʼladi, yaʼni butun tuman uchun 100%.
2-misol: Tumanda 4 ta maktab mavjud:
- 1-maktabda koʼrsatkich 100% (kamida 100% boʼlishi lozim) - oʼz vaqtida;
- 2-maktabda koʼrsatkich 100% (kamida 100% boʼlishi lozim) - oʼz vaqtida;
- 3-maktabda koʼrsatkich 30% (kamida 100% boʼlishi lozim) - oʼz vaqtida emas;
- 4-maktabda koʼrsatkich 45% (kamida 100% boʼlishi lozim) - oʼz vaqtida emas.
Boshqaruvchi tashkilot doirasida hisobot tuzishda u 2/4 ga teng boʼladi, yaʼni butun tuman uchun 50%.
Koʼrsatkichning ruxsat etilgan chegarasi kamida 100% ni tashkil qiladi.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq