Har bir blokda quyidagi maʼlumotlar mavjud:
- foydalanuvchilar toifalarining nomlanishi;
- faollashtirilgan foydalanuvchilar % ;
- faollashtirilmagan shaxslar soni ;
- tanlangan koʼrsatkich dinamikasi grafigi (/ indikatorini bosish orqali).
Dars jadvalining toʼliqligi
«Jadvalning toʼldirilish darajasi» – bu yaratilgan jadvallar soni boʼlib, u sinflar soni bilan solishtiriladi. Koʼrsatkich 100% ga teng boʼlishi maqsadida hisobot haftasida har bir sinf uchun jadval setkasida kamida 8 ta dars yaratilishi zarur.
Koʼrsatkichning ruxsat etilgan chegarasi:
- maktablar uchun kamida 95%;
- taʼlim boshqarmasi tashkilotlari uchun kamida 100%.
Koʼrsatkich chegarasini yengib oʼtish uchun tanlangan hafta doirasida har bir sinf uchun dars jadvalini tekshirishingiz kerak.
* - koʼrsatkich"Maktablar faoliyati" blokida hisobga olinadi.
Darslarni rejalashtirish
«Darslarni rejalashtirish» – bu kiritilgan mashgʼulotlar mavzularining yoki yaratilgan uy vazifalarining soni, u hisobot haftasidagi umumiy darslar soni bilan solishtiriladi. Koʼrsatkich 100% ga teng boʼlishi uchun jadvalda har bir dars uchun quyida sanab oʼtilgan shartlardan kamida bittasiga amal qilinishi kerak:
- dars mavzusi kiritilgan;
- uy vazifasi berilgan.
Koʼrsatkichning ruxsat etilgan chegarasi::
- maktablar uchun kamida 100%;
- taʼlim boshqarmasi tashkilotlari uchun kamida 100%.
Izoh: uy vazifalari mavjud boʼlmagan birinchi sinflarda faqat darslarning mavzularini oʼz vaqtida kiritish tavsiya etiladi. Toʼliq toʼldirish uchun dars mavzusini ham, uy vazifasini ham kiritish tavsiya etiladi.
* - koʼrsatkich "Maktablar faoliyati" blokida hisobga olinadi.
Sinf jurnallarini yuritish
«Sinf jurnallarini yuritish» - bu qoʼyilgan baholar, davomat haqidagi belgilar, darsga sharhlar, va dars oʼtilgani haqidagi qaydlar soni. Koʼrsatkich 100% ga teng boʼlishi maqsadida jadvalda har bir dars uchun quyida sanab oʼtilgan shartlardan kamida bittasiga amal qilinishi zarur:
- kamida bitta baho qoʼyilgan;
- oʼquvchi yoʼqligi haqida kamida bitta belgi qoʼyilgan;
- darsga sharh qoldirilgan;
- dars sahifasida “Dars oʼtkazildi” belgisi qoʼyilgan.
Koʼrsatkichning ruxsat etilgan chegarasi:
- maktablar uchun kamida 100%;
- taʼlim boshqarmasi tashkilotlari uchun kamida 100%.
Izoh: agar dars uchun baho qoʼyilmasa, oʼquvchilarning hammasi darsda qatnashgan va sharh yozishga zarurat boʼlmasa, ushbu mashgʼulot taʼlim tashkilotida EJ yuritish boʼyicha umumiy statistikada hisobga olinishi uchun pedagog dars oʼtilgani haqida belgi qoʼyishining oʼzi yetarli boʼladi.
* - koʼrsatkich"Maktablar faoliyati" blokida hisobga olinadi.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq