Men, (i) o‘z nomimdan, (ii) o‘z nomimdan ota-onam/qonuniy vakilim roziligi bilan, yoki (iii) voyaga yetmagan shaxsning manfaatlarida ota-ona yoki qonuniy vakil sifatida (keyingi o‘rinlarda – «Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ekti»)
2019 yil 2 iyuldagi «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-547-son Qonunga muvofiq,
«KUNDALIK» MChJga (yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi 42/1; keyingi o‘rinlarda – «Operator») quyidagilarga rozilik beraman:
- Operator ixtiyorida bo‘lgan Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektining kontakt ma'lumotlariga elektron xatlar yoki telefon aloqasi orqali reklama va/yoki axborot materiallarini yuborish (keyingi o‘rinlarda – «Maqsad»).
- Maqsadga erishish uchun Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektining shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlash.
Ushbu Rozilikni qabul qilish veb-sahifadagi hujjat shartlariga rozilik belgisini («tasdiqlash belgisi») qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash uchun asoslar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, 2019 yil 2 iyuldagi 547-sonli «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi Qonun, ushbu Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilik («Rozilik») hisoblanadi.
Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida quyidagi usullar qo‘llaniladi: yig‘ish; yozib olish; tizimlashtirish; jamg‘arish; saqlash; aniqlash (yangilash, o‘zgartirish); chiqarib olish; foydalanish; uchinchi shaxslarga (transchegaraviy o‘tkazishni ham o‘z ichiga olgan holda) berish; bloklash; o‘chirish; yo‘q qilish.
Ushbu Rozilik shaxsga doir ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan vositalardan foydalangan holda ham, foydalanmasdan ham qayta ishlashga taalluqlidir.
Ushbu Rozilik Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektining quyidagi shaxsga doir ma'lumotlariga taalluqlidir:
• familiyasi, ismi va otasining ismi;
• elektron pochta manzili;
• mobil telefon raqami;
• yashash manzili;
• jinsi;
• tug‘ilgan sana;
• o‘quv yili;
• o‘quv sinfi va sinflarga o‘tkazilishi (qabul qilinishi) to‘g‘risidagi ma'lumot;
• joriy va yillik o‘quv ko‘rsatkichlari;
• Operator bilan o‘zaro hamkorlik jarayonida Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ekti tomonidan taqdim etilgan boshqa ma'lumotlar.
Operator olinadigan ma'lumotlarning maxfiyligini kafolatlaydi. Operator shaxsga doir ma'lumotlarning butunligini ta'minlaydi va shaxsga doir ma'lumotlarga ruxsatsiz shaxslarning kirishini istisno qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ushbu Rozilik qayta ishlash Maqsadlariga erishilgunga qadar amal qiladi va Operatorda saqlanadi.
Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ekti istalgan vaqtda ushbu Roziligini qaytarib olishi mumkin, buning uchun O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi 42/1 manziliga «Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan Rozilikni qaytarib olish» degan yozuv bilan yozma xabarnoma yuborishi yoki team@emaktab.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishi lozim.
E'tiboringizga qaratamizki, shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga berilgan Rozilikni qaytarib olish Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektining shaxsga doir ma'lumotlari Saytdan, Maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan qismida, o‘chirilishiga va Maqsadga erishish uchun qo‘llanilgan Operatorning shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlarida ushbu ma'lumotlar saqlangan yozuvlarning yo‘q qilinishiga olib keladi. Shu bilan birga, Rozilikni qaytarib olish holatida Operator ma'lumotlarni qayta ishlashni to‘xtatishi va shaxsga doir ma'lumotlarni ko‘rsatilgan ariza kelib tushgan sanadan boshlab o‘n besh kunlik muddatdan oshmaydigan vaqt ichida yo‘q qilishi shart.
Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ekti taqdim etilgan ma'lumot to‘liq, aniq va ishonchli ekanini hamda ma'lumot taqdim etish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, uchinchi shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlari buzilmaganligini kafolatlaydi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish