“KUNDALIK” masʻuliyati cheklangan jamiyatning mazkur Ommaviy ofertasi (matnda keyingi oʻrinlarda – “Oferta”) eMaktab tizimida roʻyxatdan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-369-moddalariga muvofiq, ushbu Ofertada bayon etilgan shartlarda “eMaktab × AQLVOY” tanlovida ishtirok etish uchun Foydalanuvchi shartnomasi shartlariga rozi boʻlgan jismoniy shaxslarga qilingan rasmiy taklif hisoblanadi.
1. Asosiy atamalar
1.1. Ushbu Oferta maqsadlari uchun quyida keltirilgan atamalar koʻrsatilgan ma’nolarda qoʻllaniladi va Oferta matnining ajralmas qismi hisoblanadi:
1.1.1. “eMaktab” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (eMaktab) – “Kundalik” masʻuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan, oʻquv jarayoni ishtirokchilari oʻrtasida elektron hujjat aylanishi imkoniyatlari va ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilish vositalarini birlashtiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta umumta’lim tashkilotlari uchun yaratilgan yopiq axborot tizimi.
1.1.2. Tashkilotchi – Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 42/1-uy manzilida joylashgan “KUNDALIK” masʻuliyati cheklangan jamiyati. Manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida Tashkilotchi Foydalanuvchini ushbu Shartnomaga va (yoki) unga Ilovalarga oʻzgartirishlar kiritish yoʻli orqali xabardor qiladi.
1.1.3. Foydalanuvchi – bu: i) oʻz nomidan; ii) ota-onasining (qonuniy vakilning) roziligi bilan oʻz nomidan; iii) voyaga yetmagan shaxsning manfaati yoʻlida ota-ona va (yoki) qonuniy vakil tomonidan foydalanuvchi nomi (login) va parol yordamida eMaktab platformasida oʻz Profilini roʻyxatdan oʻtkazgan hamda ushbu Shartnoma va Foydalanuvchi shartnomasi shartlariga rozi boʻlgan jismoniy shaxs.
1.1.4. Foydalanuvchi shartnomasi – foydalanuvchi shartnomasi va quyidagi manzilda joylashtirilgan unga Ilovalarning matni: https://help.emaktab.uz/hc/ru/articles/14222341984412
1.1.5. Profil – bu Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan va eMaktab xizmatlariga vakolatli kirish huquqiga ega boʻlgan hisob yozuvi.
1.1.6. Tanlovning Lending sahifasi – promo.emaktab.uz/.... (yoki Tashkilotchi tomonidan koʻrsatilgan boshqa URL) manzilida joylashgan va Tanlov tavsifini oʻz ichiga olgan veb-sahifa.
1.1.7. Oferta – quyidagi Internet manzilda joylashtirilgan amaldagi tahrirdagi ushbu hujjat: https://help.emaktab.uz/hc/ru/articles/23161127717532
1.1.8. Hamkor- AQLVOY telekanali
1.2. Agar kontekstdan toʻgʻridan-toʻgʻri boshqacha tartib kelib chiqmasa, birlik sonda ishlatiladigan barcha atamalar koʻplik sonda ham qoʻllaniladi va aksincha.
2. Oferta mavzusi, tomonlar va aksept (qabul qilish)
2.1. Oferta mavzusi. eMaktab platformasida onlayn darslarni oʻqish va topshiriqlarni bajarish orqali Tanlovda ishtirok etadigan barcha oʻquvchilar orasida Tanlov Hamkori sovgʻalar topshiradigan gʻoliblar aniqlanadi. Tashkilotchi va Hamkor Foydalanuvchining ularga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra, shu jumladan, texnik nosozliklar, ulanishdagi xatoliklar yoki ma’lumotlarni notoʻgʻri kiritish bilan cheklanmagan sabablar tufayli Tanlovda ishtirok eta olmasligi uchun javobgar hisoblanmaydilar.
2.2. Tanlovda eMaktab tizimida Foydalanuvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi umumta’lim muassasalarining oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.
2.3. Kirish. Tanlovda ishtirok etish faqatgina eMaktab tizimiga shaxsiy login va shaxsiy parol orqali avtorizatsiya qilingandan keyin amalga oshiriladi. Tanlovda qatnashish uchun boshqa muqobil usullar koʻzda tutilmagan.
2.4. Ofertani qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Tanlovning Lending sahifasida joylashtirilgan va eMaktab tizimiga yoʻnaltiruvchi darslarida qatnashishni boshlaganda “Boshlash” tugmachasini bosish orqali amalga oshiriladi. Ofertani qabul qilish orqali Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlariga, shuningdek Tanlovda ishtirok etish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini tasdiqlaydi. Oferta Oferta qabul qilingan paytdan boshlab Foydalanuvchiga nisbatan amal qila boshlaydi.
2.5. Ushbu Ofertaning boshqa tillardagi versiyalari oʻrtasida tafovut mavjud boʻlgan taqdirda, rus tilidagi matn hal qiluvchi ahamiyatga ega sanaladi.
3. Muddatlar va hudud
3.1. Tanlovni oʻtkazish muddati. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi vaqti bilan 2025-yil 4-noyabr soat 00:00 dan 2025-yil 10-noyabr soat 23:59 gacha oʻtkaziladi (UTC+5). Ushbu Ofertadagi barcha muddatlar UTC+5 vaqt zonasida koʻrsatilgan. Ofertani qabul qilish, darslarda qatnashish, javoblarni yuklash va boshqa protsessual xatti-harakatlar ularni faqatgina yuqorida koʻrsatilgan vaqt chegaralarida amalga oshirilganda bajarilgan deb hisoblanadi. Tashkilotchi alohida bosqichlar yoki topshiriqlar uchun alohida muddatlarni belgilashi mumkin; bunday muddatlar Tanlovning Lending sahifasida va eMaktab tizimida eʻlon qilinadi va ma’lum bir bosqich uchun ustuvor ahamiyatga ega sanaladi.
3.2. Tanlov oʻtkaziladigan hudud. Tanlovda eMaktab tizimida roʻyxatdan oʻtgan va 14 ta viloyat: Oʻzbekiston Respublikasining oʻn ikki viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri hududida yashayotgan Foydalanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Hududlarni kiritganda (chiqarib tashlaganda) Tashkilotchi Tanlovning Lending sahifasida va/yoki eMaktab tizimida tegishli xabarnomani eʻlon qiladi; bunday oʻzgartirish, agar Tashkilotchi tomonidan boshqacha tartib koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻzgartirish kiritilishidan oldingi davr uchun sovrinlarni talab qilib olish huquqini bermaydi.
3.3. Bepul ishtirok etish – toʻlovning yoʻqligi. Tanlovda ishtirok etish bepul. Tanlovda ishtirok etish, Ofertani qabul qilish, topshiriqlarni bajarish va sovrinlarni topshirish uchun toʻlov olinmaydi. Hech qanday tovar yoki xizmatlarni sotib olish talab qilinmaydi hamda ishtirok etish huquqiga va sovrinni olishga ta’sir qilmaydi. Sovrinni olish qoʻshimcha xarajatlarni talab qiladigan hollarda (masalan, yetkazib berish, soliq va yigʻimlarni toʻlash), agar Tashkilotchi tomonidan eʻlon qilingan Tanlovning qoʻshimcha qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bunday xarajatlar Tanlovda gʻolib boʻlgan Foydalanuvchi (matnda keyingi oʻrinlarda – “Gʻolib”) zimmasiga yuklanadi.
3.4. Tanlov oʻtkaziladigan platforma. Tanlov eMaktabning funksional imkoniyatlari va/yoki Tanlovning Lending sahifasida joylashtirilgan darslar orqali, keyinchalik eMaktab tizimida avtorizatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tanlovda ishtirok etish faqatgina Foydalanuvchining eMaktab tizimidagi shaxsiy logini va paroli orqali amalga oshiriladi. Tashkilotchi Tanlov oʻtkaziladigan muddat davomida platformaga kirish imkoniyatini ta’minlash uchun oqilona choralarni koʻradi, ammo Internet, tashqi xizmatlar yoki Foydalanuvchining qurilmalaridagi vaqtinchalik uzilishlar uchun javobgar sanalmaydi. Tanlovni toʻgʻri oʻtkazishni imkonsiz qiladigan muhim texnik nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchi (a) muddatlarni uzaytirish, (b) bosqichlarni qayta tayinlash yoki (C) tanlovni butunlay yoki qisman bekor qilish huquqiga ega – bunda, Tashkilotchi ishtirokchilarni Lending sahifasi va/yoki eMaktab tizimi orqali xabardor qilishi shart.
3.5. Roʻyxatdan oʻtish va yakuniy kirish imkoniyati. Tanlovda ishtirok etish uchun Foydalanuvchi eMaktab tizimida Tanlov boshlangunga qadar yoki Tashkilotchi tomonidan eʻlon qilingan alohida muddatga qadar roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak. Tanlov boshlanganidan keyin roʻyxatdan oʻtishga faqat bu toʻgʻridan-toʻgʻri tashkiliy materiallarda nazarda tutilgan taqdirdagina ruxsat beriladi. Tashkilotchi hisob yozuvi qoidalarni buzgan holda yaratilgan, notoʻgʻri ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan yoki bir necha marta roʻyxatdan oʻtish uchun ishlatilgan hollarda Foydalanuvchining ishtirokini hisoblamaslik huquqiga ega.
3.6. Shaxsni tasdiqlash va sovrinlarni olish. Gʻoliblar Tashkilotchi yoki Hamkorning soʻroviga binoan oqilona muddatlarda shaxsni, ta’lim muassasasini va/yoki sovrinni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni (shu jumladan, voyaga yetmaganlar uchun ota-ona/qonuniy vakilning roziligini) taqdim etishlari shart. Agar Gʻolib soʻralgan hujjatlarni taqdim etmasa yoki Tashkilotchi tomonidan belgilangan muddatda sovrinni qabul qilmasa (Lending sahifasida yoki alohida xabarnomada koʻrsatilgan), sovrin qabul qilinmagan deb hisoblanadi va Tashkilotchi uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqiga ega sanaladi (shu jumladan, zaxiradagi gʻolibni tayinlash).
4. Tanlovni oʻtkazish, natijalarini aniqlash va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi
4.1. Ishtirok etish mexanikasi. Foydalanuvchi belgilangan davr mobaynida eMaktab tizimida onlayn darslarni oʻqish va topshiriqlarni bajarish orqali Tanlovda ishtirok etadi. Har bir darsga eMaktab tizimi tomonidan avtomatik ravishda hisoblanadigan muayyan miqdordagi ballar beriladi. Tanlovda toʻgʻri ishtirok etish uchun Foydalanuvchi shaxsiy logini (foydalanuvchi nomi) va parolidan foydalanishi shart; boshqa shaxs nomidan vazifalarni bajarish ta’qiqlanadi.
4.2. Gʻoliblarni aniqlash. Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasining oʻn toʻrtta viloyatining har birida eMaktab tizimining avtomatlashtirilgan ma’lumotlari asosida aniqlanadi:
- asosiy mezon - bu birinchi urinishda barcha darslardan toʻplangan ballarning eng koʻp umumiy yigʻindisi sanaladi;
- umumiy ballar yigʻindisi teng boʻlgan taqdirda,topshiriqlarni bajarish uchun kamroq vaqt sarflagan ishtirokchi ustunlikka ega sanaladi;
- agar ushbu koʻrsatkichlar ham teng boʻlsa, Tashkilotchi qoʻshimcha tanlov mezonlarini, shu jumladan (lekin bular bilan cheklanmagan holda) alohida topshiriqlarni bajarish sifatini, eMaktab tizimidagi faollikni yoki nazorat sinovlari natijalarini mezon sifatida qoʻllash huquqiga ega;
- Tashkilotchining gʻoliblarni tan olish toʻgʻrisidagi qarori yakuniy hisoblanadi va ushbu qaror ustidan shikoyatlar qabul qilinmaydi.
4.3. Epizodlar bo‘yicha natijalarni hisob-kitoblarning kuchga kirish jadvali. Epizodlarni o‘tish natijalari va ballarni hisoblash quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi vaqti bilan, UTC+5):
- 1- va 2-epizodlar bo‘yicha: 3-noyabr kuni soat 12:25 dan.
- 3- va 4-epizodlar bo‘yicha: 4-noyabr kuni soat 12:25 dan.
- 5- va 6-epizodlar bo‘yicha: 5-noyabr kuni soat 12:25 dan.
- 7- va 8-epizodlar bo‘yicha: 6-noyabr kuni soat 12:25 dan.
- 9- va 10-epizodlar bo‘yicha: 7-noyabr kuni soat 12:25 dan.
- 11- va 12-epizodlar bo‘yicha: 8-noyabr kuni soat 12:25 dan.
- 13- va 14-epizodlar bo‘yicha: 9-noyabr kuni soat 12:25 dan.
4.4. Ballarni hisoblash tartibi. Tegishli epizodlarni o‘tish va ballarni hisoblash faqat ushbu Tartibning 4.3-bandida ko‘rsatilgan vaqt boshlanganidan keyin amalga oshirilgan bo‘lsa, haqiqiy deb tan olinadi va hisobga olinadi.
Ishtirokchi tomonidan belgilangan vaqtdan oldin hisoblangan natijalar inobatga olinmaydi va yakuniy natijalarni chiqarishda e’tiborga olinmaydi.
4.5 Sovrinlar. Sovrinlarning roʻyxati, soni va qiymati Hamkor tomonidan belgilanadi va Tanlovning quyidagi manzilda joylashgan Lending sahifasida eʻlon qilinadi https://emaktab.uz/ad/promo/aqlvoy_ru. Sovrinlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar axborot xususiyatiga ega va Hamkor tomonidan oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirilishi mumkin. Sovrinlarni haqiqatda taqdim qilish Hamkor tomonidan u tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Tashkilotchi Hamkor tomonidan taqdim etiladigan sovrinlarni taqdim etish, ularning sifati, toʻliqligi, topshirish muddatlari yoki ulardan foydalanish uchun javobgar sanalmaydi.
4.6. Ishtirokchilarning maqomini tekshirish. Ishtirokchi maqomini qoʻshimcha ravishda verifikatsiya qilish (tekshirish) oʻtkazilmaydi. Tanlovda ishtirok etish va sovrinni olish huquqini aniqlash uchun eMaktab tizimida mavjud boʻlgan ma’lumotlar, shu jumladan, ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishlatiladi. Tashkilotchi Tanlov shartlariga muvofiqligini tasdiqlash uchun gʻolibdan tasdiqlovchi hujjatlarni (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, maktabdan berilgan ma’lumotnoma va boshqalar) soʻrab olish huquqini oʻzida saqlab qoladi .
4.7. Natijalarni eʻlon qilish va aloqa qilish. Tashkilotchi gʻoliblarning familiyalari va ismlarining bosh harflarini eʻlon qiladi hamda gʻoliblarning maqomini tasdiqlash va mukofotlash tartibini muvofiqlashtirish maqsadida faqatgina gʻoliblar bilan ulanadi. Mukofotlash Hamkor tomonidan amalga oshiriladi. Gʻoliblar safiga kirmagan ishtirokchilarga alohida bildirishnomalar yuborilmaydi. Ishtirok etish fakti gʻalabani kafolatlamaydi va Foydalanuvchida sovrinni olish huquqi paydo boʻlishiga olib kelmaydi.
4.8. Shaxsiy ma’lumotlar. Ushbu Ofertani qabul qilish orqali Foydalanuvchi (va voyaga yetmagan shaxslar holatida – uning ota-onasi yoki qonuniy vakili) quyidagilarga rozilik bildiradi:
- faqatgina Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish maqsadida oʻz shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan familiyasini, ismi, viloyati, maktabi va aloqa uchun ma’lumotlarini qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishga;
- Tashkilotchi va Hamkorning axborot materiallarida ismi, viloyati va oʻquv muassasasini eʻlon qilishga;
- Hamkorga faqatgina mukofotlarni topshirish maqsadida cheklangan miqdordagi ma’lumotlarni berish ehtimoliga. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Tanlov tugagandan soʻng, ma’lumotlar eMaktab tizimida arxiv maqsadlarida saqlanishi mumkin, ammo Foydalanuvchining alohida roziligisiz reklama joʻnatmalari uchun ishlatilmaydi.
5. Javobgarlik
5.1. Tashkilotchi Tanlovda ishtirok etish doirasida gʻalaba qozonish, mukofotlar olish, shuningdek har qanday muayyan oʻquv, akademik yoki boshqa natijalarga erishishni kafolatlamaydi.
5.2. Darslar, topshiriqlar va testlardan oʻtish natijalari eMaktab tizimida qayd etiladi va saqlanadi. Ishtirokchilar va Tashkilotchi oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ishtirok etish faktlari va toʻplangan ballarning ustuvor va yakuniy isboti sifatida eMaktab tizimi loglarida qayd etilgan ma’lumotlar hisoblanadi.
5.3. Tashkilotchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan chegaralar doirasida oʻrnatiladi. Ushbu Oferta doirasidan tashqarida boʻlgan yoki eMaktab tizimi ma’lumotlari bilan tasdiqlanmagan da’volar qondirilmaydi.
6. Tugatish va oʻzgartirish
6.1. Tashkilotchi istalgan vaqtda eMaktab tizimida va/yoki Tanlovning Lending sahifasida tegishli bildirishnomani eʻlon qilish orqali oʻz xohishiga bogʻliq boʻlmagan texnik, tashkiliy, huquqiy yoki boshqa sabablarga koʻra Tanlovni butunlay yoki qisman muddatidan oldin tugatish yoki bekor qilish huquqiga ega.
6.2. Tanlov muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, Tashkilotchi har qanday ziyonlar, yoʻqotilgan foyda yoki ishtirokchilar tomonidan bildirilgan boshqa da’volar uchun, shu jumladan, sovrin olish bilan cheklanmaydigan umidlar uchun ham javobgar boʻlmaydi.
6.3. Tashkilotchi ushbu Oferta shartlarini, shuningdek Tanlov tavsifini, shu jumladan muddatlar, mexanika, gʻoliblarni aniqlash mezonlari, sovrinlarni topshirish tartibini va boshqa qoidalarni quyidagi manzilda: https://help.emaktab.uz/hc/ru/articles/23161127717532, shuningdek, Tanlovning quyidagi manzilda joylashgan Lending sahifasida https://emaktab.uz/ad/promo/aqlvoy_ru yangi tahrirda eʻlon qilish orqali oʻzgartirishga haqlidir.
6.4. Oʻzgartirishlar, agar bildirishnomada boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, eʻlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Oʻzgartirishlar eʻlon qilingandan soʻng Tanlovda ishtirok etishda davom ettirish Foydalanuvchining shartlarning yangi tahriri bilan toʻliq va soʻzsiz roziligini anglatadi.
7. Amaldagi qonun va nizolar
7.1. Tomonlarning oʻzaro munosabatlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi qoʻllaniladi.
7.2. Tanlov, uning shartlari yoki ijrosi bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha nizolar, kelishmovchiliklar yoki talablar muzokaralar yoʻli bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa – Toshkent shahar sudlarida sudlov qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
8. Yakuniy qoidalar
8.1. Ushbu Ofertaning har qanday qoidasini haqiqiy emas yoki yuridik kuchga ega emas deb tan olish, toʻliq hajmda amal qilishni davom ettiradigan boshqa qoidalarning amal qilishi va qoʻllanilishiga ta’sir qilmaydi.
8.2. Ofertaga ilovalarning yoʻqligi Tomonlarning uning mazmuni va Tanlov shartlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini cheklamaydi.
8.3. Ushbu Oferta Tashkilotchi va Tanlovda ishtirok etish nuqtai nazaridan Ofertani qabul qilgan Foydalanuvchi oʻrtasidagi toʻliq kelishuv boʻlib, ushbu mavzu boʻyicha boshqa har qanday kelishuvlar, shartlar yoki bayonotlarning oʻrnini bosadi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish