Dars jadvali yaratilishidan oldin baholash tizimi noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, jurnalda chorak baholari noto‘g‘ri ko‘rsatilishi mumkin. Muammoni bartaraf etish uchun quyidagi amallarni bajaring.
1. Baholash tizimini tekshiring
Maktab sozlamalariga kiring va «5 ballik baholash tizimi» tanlanganiga ishonch hosil qiling.
2. Chorak baholarini saqlab oling
Baholarni o‘chirishdan oldin ularni alohida yozib oling yoki skrinshot qiling. Ushbu ma’lumotlar chorak baholarini qayta kiritish uchun kerak bo‘ladi.
3. Faqat chorak baholarini o‘chiring
Tegishli sinf va fan jurnalini oching. Muammo kuzatilayotgan chorak uchun kiritilgan faqat yakuniy chorak baholarini o‘chiring.
Diqqat! Kundalik va boshqa baholarni o‘chirmang.
4. Ko‘rinishni tiklang
- Jurnalning «Yakunlar» bo‘limiga o‘ting.
- Tegishli chorak ostidagi «Ko‘rinishni tiklash» tugmasini bosing.
5. Chorak baholarini qaytadan kiriting
Avval saqlab olingan chorak baholarini qaytadan kiriting. Ular tegishli chorak ustunida to‘g‘ri aks etayotganini tekshiring.
Muammo saqlanib qolsa nima qilish kerak?
Agar «Ko‘rinishni tiklash» tugmasi ko‘rinmasa yoki yuqoridagi amallardan keyin ham muammo bartaraf etilmasa, eMaktab qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling @emaktabuz_bot
Murojaatda maktab nomi yoki sahifasiga havola, sinf, fan va chorakni ko‘rsating hamda muammo aks etgan skrinshotni ilova qiling.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish