Jurnalni import qilish jarayoni sizga quyidagilarga imkon beradi:
- ma'lumotlarni zaxira nusxalaridan tiklash (joriy va yakuniy baholar, davomatlar);
- jurnalning «oflayn» shaklini tashkil qilish.
Eslatma: barcha jurnallarni kamida har bir-ikki haftada bir marta zaxira nusxalash tavsiya etiladi. Saytda baholar yo‘qolgan xolda, ularni zaxira nusxasidan osongina tiklashingiz mumkin (baholarning yo‘qolishining namunali sabablari «Baholar yo‘qolgan xolda nima qilish kerak?») maqolasida tasvirlangan.
Fan jurnalini qanday import qilish kerak?
1-qadam. Jurnalni kompyuterda to‘ldirib, keyinchalik saytga yuklash uchun, avval jurnallarni eksport qilish kerak. Buning uchun «Ta'lim» / «Jurnallar» / «Fan jurnali» bo‘limiga o‘ting va «Eksport» havolasini bosing.
Eksport qilingan jurnallar kompyuterda Excel hujjati (.xlsx) formatida saqlanadi. Siz istalgan davrda eksport qilingan faylga baholarni kiritishingiz va ma'lumotlarni qayta Tizimga import qilishingiz mumkin.
«Oflayn» jurnalni eksport qilish faqat hisobot davrlari va dars jadvallari to‘g‘ri sozlangandan keyin amalga oshiriladi.
Eslatma: «offlayn» jurnalni eksport qilgandan so‘ng, ular bilan ishlash vaqtida jadvallarga yoki hisobot davrlariga o‘zgartirish kiritish yoki faylga ish va uy vazifasi uchun ustunlar qo‘shish mumkin emas, chunki «offlayn» jurnalni import qilishda xatolar bo‘lishi mumkin.
2-qadam. Ma'lumotni «oflayn» jurnaldan saytga kiritish uchun «Ta'lim» / «Jurnallar» / «Fan jurnali» bo‘limiga o‘ting va «Jurnalni import qilish» havolasini bosing.
3-qadam. Jurnalga ma'lumot qaysi fayldan yuklanishi kerakligini tanlang:
Eslatma: fayl oldindan eksport qilinadigan hujjat formatiga mos kelishi kerak: satrlar / ustunlarni o‘chirish, ularning nomlarini o‘zgartirish taqiqlanadi.
4- qadam. Yuklaniladigan faylni tekshiring.
«Xatolar tavsifi» ustunida fayldagi barcha mavjud bo‘lgan xatolar ko‘rsatiladi. Shuningdek, bu bosqichda, baholarni import qilish kerak bo‘lgan o‘quvchilarning ismlarini belgilash mumkin.
Agar yuklaniladigan faylda xatolar bo‘lmasa, tizim har bir o‘quvchi uchun ushbu fan bo‘yicha qancha baholar qo‘shilishini, yangilanishini yoki o‘chirilishini ko‘rsatadi. Importni tasdiqlash uchun akkauntning joriy parolni kiritish kerak:
5-qadam. Jurnalni import qilishni tugating.
Import tartibining o‘ziga xos xususiyatlari
Faylda ma'lumotlarni tanib olish uchun ma'lum mantiq mavjud (yakuniy baholar uchun ham amal qiladi):
- tizim xizmat belgilarini tan olmaydi (xato);
- baholar oldinga «/» va teskari «\» qiya chiziq orqali ham import qilinadi;
- agar fayl katakchasida uchtalik baho ko‘rsatilgan bo‘lsa, masalan, 5/4/5 - faqatgina «5/4» import qilinadi va xato deb ko‘rsatilmaydi;
- importning barcha qoidalari joriy va yakuniy baholarga nisbatan qo‘llaniladi;
- ushbu davomat belgilari fayldan eksport qilinadi: «dq» (sababli darsda qatnashmagan ), «k» (kasal edi), «kq» (kech qolgan), «n» (sababsiz darsda bo‘lmagan);
- «UV» (uy vazifasi) ustunida ko‘rsatilgan davomat belgisi import qilinmaydi.
Diqqat:
- Import qilinadigan fayl eksport qilinadigan jurnal formatiga mos kelishi kerak, fayl turi .XSLS (Microsoft Excel 97-2003)-ga mos kelishi kerak. Aks holda, tizim yuklab olingan faylda xatolikni ko‘rsatadi.
- Tizimdagi yakuniy va joriy baholar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni import qilishda fayldagi baholar to‘liq o‘zgartiriladi. Masalan, agar sayt baholarga ega bo‘lsa va faylning tegishli katakchasi bo‘sh bo‘lsa, jurnaldagi baholar o‘chiriladi.
- Agar ta'lim tashkilotida baholarni tahrirlash muddati chegaralangan bo‘lsa, jurnalni import qilganda, saytga qo‘yilgan baholar yangilanmaydi. Importning ikkinchi bosqichida tizim xato haqida xabar beradi, importdan keyin jurnalda faqat bo‘sh kataklar to‘ldiriladi.
Eslatma: agar saytda jurnalni eksport qilgandan so‘ng, dars jadvali o‘zgartirilgan bo‘lsa, unda siz avval saqlangan faylni import qilmoqchi bo‘lganingizda Tizim xato ko‘rsatadi: «Baholar import qilinmaydi, chunki fayldagi ma'lumotlarni jurnal bilan taqqoslab bo‘lmadi». Bunday holatda, dastlabki faylni tuzatish kerak.
Faylni tuzatish
1-qadam. O‘zgartirishlar kiritilgan jurnalni eksport qilish (joylashuvi: «Ta'lim» / «Jurnallar» / «Fan bo‘yicha jurnal» / «Eksport»):
2-qadam. Import qilinmaydigan «offlayn» jurnal faylini oching, faqat baholash katagini tanlang va «Nusxalash» tugmasini bosing:
3-qadam. Eksport qilingan faylni yana oching (1-qadam), baholar uchun maydonni tanlang va «Vstavit'» tugmasini bosing. Yangi hujjatning maydoni baholar bilan to‘ldiriladi;
4-qadam. Nusxalangan ma'lumotlarning to‘g‘riligini tekshiring, faylni saqlang va saytga qayta import qiling.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish