Har qanday veb – saytga foydalanuvchi nomi va parol kiritilganda brauzer kirish ma'lumotlarini eslab qolishni taklif qiladi. Ushbu funksiyadan foydalanganda, foydalanuvchidan har safar tizimga kirganda login va parol kiritish talab qilinmaydi.
Biroq, agar foydalanuvchi saytga ommabop (maktab) komp'yuteridan kirsa, uchinchi shaxslar uning profiliga ushbu qurilmadan kira oladi va uning nomidan biron-bir ma'lumotni o‘zgartirishi mumkin.
Brauzer sozlamalarida parollarni saqlash funksiyasini o‘chirish tavsiya etiladi.
Ushbu qo‘llanmada eng mashhur brauzerlarda «avtomatik to‘ldirish» funksiyasini o‘chirib qo‘yilishi tasvirlandi.
Google Chrome
Google Chrome-da «avtomatik tarzda to‘ldirish» xususiyatini o‘chirish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- ekrannin o‘ng burchagidagi menyuga kiring va «Sozlamalar» bo‘limini tanlang:
-
«Avtomatik ravishda to‘ldirish» bandida «Parollar» bo‘limiga o‘ting:
- tugmani kerakli joyga ko‘chirish orqali «Parolni saqlashni tavsiya etish» parametrini «O‘chirilgan» xolatiga o‘tkazing:
Yandex-brauzer
Yandeks brauzerida «avtomatik tarzda to‘ldirish» xususiyatini o‘chirish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- ekrannin o‘ng burchagidagi menyuga kiring va «Sozlamalar» bo‘limini tanlang
- ochilgan oynaning chap qisimida «Asboblar» menyusidagi «Avtomatik to‘ldirish» bandida «Avtomatik ravishda to‘ldirishni taklif qilish» qatorining yonidagi tasdiq belgisini olib tashlang:
Mozilla Firefox
Firefox brauzerida «avtomatik tarzda to‘ldirish» xususiyatini o‘chirish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- ekrannin o‘ng burchagidagi menyuga kiring va «Sozlamalar» bo‘limini tanlang:
- ochilgan oynada, «Tarix» bo‘limida «Maxfiylik va ximoya qilish» bo‘limiga o‘ting, ochilgan ro‘yxatda «Tarixni eslab qolmaydi» qatorini tanlang.
Opera
Opera brauzerida «avtomatik tarzda to‘ldirish» xususiyatini o‘chirish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- ekrannin o‘ng burchagidagi menyuga kiring va «Sozlamalar» bo‘limini tanlang (Alt+P);
- «Xavsizlik» tugmasini bosing, «Avtomatik ravishda to‘ldirish» ni toping va «Parollar» bo‘limiga o‘ting:
- tugmani kerakli joyga ko‘chirish orqali «Parolni saqlashni tavsiya etish» parametrini «O‘chirilgan» xolatiga o‘tkazing:
Internet Explorer
Internet Explorer brauzerida «avtomatik tarzda to‘ldirish» xususiyatini o‘chirish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- brauzer «Sozlamalar» bo‘limiga o‘ting, «Brauzer xususiyatlari» menyusini tanlang:
- «Mundaraja» bo‘limini tanlab, «Avtomatik to‘ldirish» bo‘limidagi «Parametrlar» tugmasini bosing va «Foydalanuvchi nomlari va parollar formalari» qatorining yonidagi tasdiq belgisini olib tashlang:
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish