Cache nima bu
Cache brauzer va internet o‘rtasida foydalanuvchi tomonidan tashrif buyurilgan sahifalar saqlanadigan bufer. Ularni internetdan yuklab olish o‘rniga, brauzer sache’dagi sahifalarni “Olishi” mumkin, bu sahifalarni yuklash tezligini sezilarli darajada oshiradi. Sahifa serverda yangilansa va brauzer sache’dan eski versiyani yuklashni davom etsa, muammo paydo bo‘lishi mumkin.
Nima uchun sache’ni tozalash kerak?
Veb - sahifalar ularga kiritilgan o‘zgartirishlar tufayli noto‘g‘ri ko‘rinishi va brauzer eskirgan sache’langan mu'lumotlardan foydalanishi mumkin. Komp'yuterda sache hajmini yig‘ish bilan birga, biroz bo‘lsa-da, lekin joy kamayadi.
Cookie-fayllar Nima bu?
Foydalanuvchilar tashrif buyurgan saytlar sozlamalarini saqlaydigan xizmat fayllari. Eng keng tarqalgan vazifa, parollarni saqlashdir, bu saytga har kirganingizda kombinasiyalangan login va parolni qiritmaslikka imkon beradi. Sozlamalarga muvofiq, har bir brauzer parol ma'lumotlarini turli vaqtlarda saqlaydi.
Masalan, foydalanuvchi biron-bir bannerdagi havola orqali o‘tsa, Cookie-fayllar ta'sirlanishi mumkin. Kelajakda cookie-fayllarda saqlangan ma'lumotlar foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan reklama bannerlarining turlariga ta'sir qilishi mumkin.
Nima uchun cookie-fayllarni tozalash kerak?
Begonalar komp'yuterni ishlatganda, forumlar va veb-saytlarni komp'yuter egasi orqali ko‘rishi mumkin. Katta miqdorda saklangan Cookie-fayllar, qattiq diskda joy kamayishiga olib keladi. Cookie-fayllardan foydalangan holda, tarmoqdagi harakatlar tarixini kuzatib borishingiz mumkin, bu esa maxfiylik shartlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Turli brauzerlarda сache’ni va cookie-fayllarni qanday tozalash mumkin?
Google Chrome
Тарихни тозалаш учун қуйидагилар керак бўлади:
- o‘ng burchaqda tugmasini bosing va menyuning ro‘yxatida «Tarix» – «Tarix» bandini tanlang (Ctrl+H):
- ekranning yuqori chap qismida «Tarixni tozalash» havolasini bosing:
«Qisqa klavishlar»‘dan foydalanishingiz mumkin: (Ctrl + Shift + Delete) tugmalar birikmasini bir vaqtda bosib ushlab turing.
- keyin ochilgan oynada kerakli parametrlarni tanlang (tarix, cookie, sache, vaqt oralig‘i: «Barcha vaqt») va «Ma'lumotlarni o‘chirish» tugmasini bosing:
Eslatma: brauzer versiyasini topishingiz va yangilanishlarni «Yordam» - «Google Chrome brauzeri haqida» menyusidagi tanlov orqali tekshirishingiz mumkin. Shundan so‘ng, ochilgan oynada brauzer versiyasi haqida ma'lumot mavjud bo‘ladi va ushbu versiya uchun yangilanishlarni tekshirish ham boshlanadi. Yangilanishlar avtomatik ravishda yuklab olinadi.
Yandex
Tarixni tozalash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- oynaning yuqori qismidagi tugmani bosing;
- menyu ro‘yxatidan «Tarix» – «Tarix» bandini tanlang (Ctrl+H);
- ekranning o‘ng qori burchagidagi «Tarixni tozalash» havolasini bosing;
- ochilgan oynada kerakli parametrlarni (tarix, cookie, sache, vaqt oraligi: «Barcha vaqt») tanlang va «Tarixni o‘chirish» tugmasini bosing:
Eslatma: brauzerning versiyasini topishingiz va yangilanishlarni «Qo‘shimcha» – «Brauzer haqida» menyusi orqali tekshirishingiz mumkin. Ochilgan muloqot oynasida brauzer versiyasi haqida ma'lumot mavjud bo‘ladi. Yangilanishlar avtomatik ravishda yuklab olinadi.
Mozilla Firefox
Tarixni tozalash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- oynaning yuqori qismidagi tugmani bosing;
- «Sozlamalar» bandini tanlang;
- ochilgan oynada «Maxfiylik va himoyalash» bandini tanlang;
- «Tarix» bandida quyidagini tanlang: Firefox - «Tarixni o‘chirish ...» yoki «Ma'lumotlarni o‘chirish» (Ctrl + Shift + Delete).
- очилган ойнада керакли параметрларни (тарих, cookie, сache, вақт оралиғи: «Барча вақт») танланг ва «Хозир ўчириш» тугмасини босинг:
Eslatma: brauzer versiyasini topishingiz va yangilanishlarni menyuda «Yordam» - «Firefox» haqida ma'lumot bandini tanlab tekshirishingiz mumkin. Agar eskirgan brauzer versiyasi ishlatilayotgan bo‘lsa, oxirgi versiya avtomatik tarzda yuklab olinadi. Yuklash tugallangach, , «Yangilash uchun Firefox-ni qayta yoqish» tugmasini bosing. Brauzer avtomatik tarzda qayta ishga tushadi va yangilangan versiyada ochiladi.
Opera
Tarixni tozalash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- brauzer menyusiga o‘ting;
- «Tarix» bandini tanlang va «Tashriflarni tarixini tozalash» bo‘limiga o‘ting (Ctrl+Shift+Delete);
- ochilgan oynada kerakli parametrlarni (tarix, cookie, sache, vaqt oraligi: «Boshidan boshlab») tanlang va «Tashriflarni tarixini tozalash» tugmasini bosing:
Eslatma: menyuda «Dastur haqida» bandini tanlab brauzer versiyasini topishingiz va yangilanishlarni tekshirishingiz mumkin.
Internet Explorer
Tarixni tozalash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- oynaning yuqori qismidagi menyu tugmasini bosing;
- menyu ro‘yxatida «Xavfsizlik» bandini tanlang;
- «Brauzerning jurnalini tozalash» bandini tanlang;
- ochilgan oynada kerakli parametrlarni (tarix, cookie, sache, vaqt oralig‘i: «Boshidan boshlab») tanlang va «Tashriflarni tarixini tozalash» tugmasini bosing;
- ochilgan oynada «O‘chirish» tugmasini bosing.
«Tez klavishlar»: (Ctrl+Shift+Delete).
Eslatma: brauzerning versiyasini topishingiz va yangilanishlarni «Dastur haqida» menyusi orqali tekshirishingiz mumkin. Ochilgan muloqot oynasida brauzer versiyasi haqida ma'lumot mavjud bo‘ladi. Internet Explorer’da yangilanishlar avtomatik ravishda yuklab olinadi.
Safari
Tarixni tozalash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- oynaning yuqori qismidagi menyu tugmasini bosing;
- «Sozlamalar» menyusini tanlang (Ctrl+,);
- «Maxfiylik» bo‘limiga o‘ting;
- «Veb-saytlarning barcha ma'lumotlarini o‘chirish» tugmasini bosing.
Eslatma: brauzerning versiyasini topishingiz va yangilanishlarni «Safari dasturi haqida» menyusi orqali tekshirishingiz mumkin. Ochilgan muloqot oynasida brauzer versiyasi haqida ma'lumot mavjud bo‘ladi. Yangilanishlar mavjud bo‘lsa, brauzer avtomatik ravishda ushbu amaliyotni amalga oshiradi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish