Plagin (ingliz tilidan plug-in, «Ulanish») asosiy dasturga ulanadigan va uning imkoniyatlarini kengaytirish va / yoki ishlatish uchun mo‘ljallangan mustaqil moduldir.
Endi qo‘llab-quvvatlanmaydigan o‘rnatilgan plaginlar xavfsizlik tahdidlari xavfini oshiradi. Zararli dasturlar va viruslar plagin yangilanishlari orqali komp'yuterga kirishi mumkin.Reklama yetkazib beruvchilari, ko‘p hollarda brauzer plaginlari yangilanishlari foydalanuvchining tasdiqlashisiz o‘rnatilishidan foydalanib, keyingi yangilanish nomi ostida zararli amallarni bajaradigan JavaScript kodlarini o‘rnatadi.
Eslatma: sahifalarda noo‘rin tabiyatli reklama bannerlari paydo bo‘lsa, brauzerda o‘rnatilgan plaginlarning to‘g‘ri ekanligini quyidagicha tekshirish tavsiya etiladi:
- o‘rnatilgan plaginlarni navbatma – navbat o‘chirib ko‘yish va reklamaning ko‘rinishini nazorat qilish, reklama paydo bo‘lgan sahifasini yangilash;
- qaysi plagin o‘chirilgan vaqtida keraksiz reklama yo‘qolgan bo‘lsa, o‘sha plaginni olib tashlash yoki o‘chirib ko‘yish kerak.
Brauzer plaginlarini aktual holatida saqlash xavfsiz internetda ishlashni ta'minlashga yordam beradi.
Google Chrome brauzeridagi plaginlar ro‘yxatini tekshirish
- Brauzer menyusini , ochishingiz kerak, «Qo‘shimcha uskunalar» - «Kengaytmalar» - ni tanlang:
- Ochilgan menyuda brauzer plaginlarini navbat bilan o‘chiring va yoqing. Plaginni yoqish / o‘chirish uchun slayderni tegishli joyga ko‘chirishingiz kerak
- Agar plaginni olib tashlash kerak bo‘lsa, «Olib tashlash» tugmasini bosing.
Yandex brauzerida plaginlar ro‘yxatini tekshrish
- Brauzer sozlamalari menyusini ochishingiz va «Qo‘shimchalar» yorlig‘ini tanlashingiz kerak:
- Ochilgan sahifada «Qo‘shimchalar» menyusini tanlang.
- Plaginni yoqish / o‘chirish uchun yoki tugmasini bosing.
Firefox brauzerida plaginlar ro‘yxatini tekshrish
- Brauzer menyusiga o‘ting va «Qo‘shimchalar» yorlig‘ini tanlang (Ctrl + Shitf + A):
- Ochilgan menyuda «Kengaytmalar» bo‘limini tanlang.
- Plaginni o‘chirish uchun, kengaytmaning yonidagi «O‘chirish» tugmasini bosing. Agar plaginni olib tashlash kerak bo‘lsa, kengaytmaning yonidagi «Olib tashlash» tugmasini bosing.
Opera brauzerida plaginlar ro‘yxatini tekshrish
- Brauzer sozlamalari menyusini ochishingiz kerak, «Kengaytmalar» – «Kengaytmalar» yorlig‘ini (Ctrl + Shirz + E) tanlang:
- Sahifada o‘rnatilgan plaginlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Uni o‘chirish uchun siz "O‘chirish" tugmachasini bosishingiz yoki knopkani faol bo‘lmagan (kulrang) holatga qo‘yishingiz kerak. Kengaytmani olib tashlash uchun tanlangan kengaytmaning yuqori o‘ng qismidagi krest belgisini bosing.
Internet Explorer brauzerida plaginlar ro‘yxatini tekshrish
- Brauzer sozlamalariga o‘ting, «Qo‘shimchalarni sozlash» menyusini tanlang:
- «Uskunalar panellari va kengaytmalar» yorlig‘iga o‘ting.
- Ochilgan oynada, kengaytma yorlig‘ini bosing va oynaning pastki qismidagi «O‘chirish» tugmasini bosing:
- Kengaytmani o‘chirish uchun uning nomi ustiga komp'yuter sichqonchasining o‘ng tugmasini bosing va «Batafsil» menyusini tanlang va «O‘chirish» tugmasini bosing.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish