Interenet foydalanuvchilari qulayligi uchun brauzer vazifalari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Biroq, brauzerlar nafaqat tabora rivojlanibgina qolmay, balki «qiziquvchiroq» ham bo‘lib bormoqda: ular qidiruv so‘rovlarini, dasturni ishlatish haqidagi ma'lumotni va boshqa ma'lumotlarni o‘z dasturchilari serverlariga yuboradi. Ko‘rilgan saytlar tizimda qolgan turli xil cookie- fayllar orqali o‘zaro axbarot almashishlari mumkin. Foydalanuvchining faoliyatlarini kuzatish maqsadlari xar – xil: eng mashhur brauzer funksiyalari bo‘yicha statistkani olishdan boshlab, brauzer plaginlari avtomatik yangilanishi orqali reklama maqsadida ma'lumotlarni yetkazish va zararli dasturlarni tarqatishgacha.
Ushbu qo‘llanma eng mashhur brauzerlarda kuzatuv xususiyatini qanday o‘chirib qo‘yish kerakligini tasvirlaydi.
Google Chrome
Kuzatuvni Google Chrome - da o‘chirib qo‘yish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- brauzer menyusini oching va «Sozlamalar» bo‘limini tanlang
- "Maxfiylik va xavfsizlik" bo‘limida "Cookie fayllari va saytning boshqa ma'lumotlari" bo‘limini oching: bo‘limini oching:
- Ochilgan bo‘limda "Uchinchi tomon cookie fayllarini bloklash" va «Chiqish trafigi uchun kuzatish taqiqlarini jo‘natish» yonidagi tugmalar holatini faollashtiring:
Yandex brauzer
Kuzatuvni Yandex brauzerida o‘chirib qo‘yish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- brauzer menyusini oching va «Sozlamalar» bo‘limini tanlang:
- ochilgan oynada ekranning chap qisimidagi «Tizim» bandini tanlang, so‘ngra sahifaning pastki qisimida «Shaxsiy ma'lumotlar sozlamalari» havolasini bosing;
- «Saytlarga so‘rov jo‘natish «Do not Track» («Kuzatilmasin»)» yonida tasdiqlash belgisini ko‘rsating:
- bundan tashqari «Saytlar» bo‘limida «Kengaytirilgan sahifalar sozlamalar» bo‘limiga o‘ting;
- uchinchi tomonning cookie – fayllarini qo‘shimcha bloklash uchun (masalan, banner reklamalari yoki ochiladigan oynalar) «Ma'lumotlar va uchinchi tomon saytlaridan cookie fayllarni bloklash» yonidagi katakchani belgilang:
- sozlamalar avtomatik ravishda saqlanadi.
Mozilla Firefox
Kuzatuvni Firefox brauzerida o‘chirib qo‘yish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- ekranning o‘ng yuqori burchagida menyuga o‘ting va «Sozlamalar» bo‘limini tanlang:
- ochilgan oynada «Ichidagini bloklash» bo‘limidagi «Maxfiylik va himoya qilish» yorlig‘ini tanlang va «Jiddiy» elementidagi radio tugmasini faollashtiring (agar kerak bo‘lsa «Standart» elementini tanlab qulflash sozlamalarini yumshata olasiz):
Opera
Kuzatuvni Opera brauzerida o‘chirib qo‘yish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- brauzer menyusiga o‘ting va «Sozlamalar» yorlig‘ini tanlang (Alt+P):
«Xavfsizlik» bo‘limini tanlang, «Chiqish trafigini kuzatish taqiqini yuborish» opsiyasi yonidagi tugma holatini faollashtiring:
- ushbu blokda «Kontent sozlamalari» ga o‘ting, «Cookie – fayllari» bo‘limini tanlang, keyin «Uchinchi tomonning cookie fayllarini bloklash» menyusining yonidagi tugma holatini o‘zgartiring:
Internet Explorer
Kuzatuvni Internet Explorer brauzerida o‘chirib qo‘yish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- brauzer sozlamalari bo‘limiga o‘ting, «Brauzer xususiyatlari» menyusini tanlang:
- «Махфийлик» бўлимида «Қўшимча» тугмасини богсинг. «Учинчи тараф cookie-файллари» бўлимида «блоклаш» радио тугмасини қўйинг:
- sozlamalar saqlanishi uchun «OK» tugmasini bosing;
- sozlamalar menyusiga o‘ting , «Xavfsizlik» bandini tanlang va «Kuzatishga qarshi himoya qilishni yoqish» bandiga o‘ting:
- paydo bo‘lgan oynada «Siz sozlagan ro‘yxatingiz» yozuvini bosing;
- pastki o‘ng burchakda «Yoqish» tugmasini bosing.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish