Bolaning elektron kundaligida xodimlar tomonidan elektron jurnalga kiritilgan baholar va belgilar ko‘rsatiladi.
Tizimda elektron ta'lim jurnaliga faqat ta'lim tashkilotining xodimlari kirishlari mumkin. Shunday kilib, o‘quvchi elektron jurnal yoki kundalikda o‘z baholarini mustaqil ravishda tuzatish uchun texnik imkoniyatlarga ega emas.
Biroq, Internetda o‘quvchi qanday qilib elektron kundalikdagi baholarni «tuzatishi» mumkinligi haqida maqolalar mavjud.
Maqola mualliflarining barcha xatti-harakatlarining saytga hech qanday aloqasi yo‘q.
Ular texnik jihatdan «ilg‘or» o‘quvchilar ota-onalarini HTML kodidagi sayt sahifasini o‘zgartirish orqali aldashga urinishlarini tasvirlab berdilar.
Bu qanday sodir bo‘ladi?
HTML - kodi yordamida sahifadagi ma'lumotlarni tuzatish – xar kanday veb-saytda xar kanday Internet foydalanuvchisi uchun mavjud bo‘lgan muolaja. Masalan, ushbu muolajani o‘zingiz Yandex.ru saytida qilishingiz mumkin.
Buning uchun Google Chrome yoki Mozilla Firefox brauzerlarida shunchaki ochilgan shaklda F12 tugmachasini bosing, kerakli elementini toping (odatda salbiy baho), uni o‘chirib tashlang va klaviaturadan kerakli ma'lumotlarni kiriting (masalan, ijobiy baho). Shundan so‘ng, kiritilgan baho qisqa vaqt ichida «Kundalik» da ko‘rsatiladi.
Ushbu amaliyotni tugatgandan so‘ng, o‘quvchi ma'lum bir kompyuterning displeyidagi sahifaning mahalliy ko‘rinishini o‘zgartiradi, lekin tizimdagi ma'lumotlarni o‘zgartirmaydi: baho jurnalda o‘zgarmaydi. Bunday tuzatish faqat F5 tugmachasini bosishgacha (barcha Internet-brauzerlarda) kundalik sahifsining keyingi yangilanishiga qadar «ishlaydi».
Albatta, haqiqiy ma'lumotlarni, ya'ni haqiqiy bahoni o‘zgartirish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Buni bola markerni olib, uni televizor ekraniga surib, xonadagi tomoshabinlar uchun kino ekranini o‘zgartiradigan, ammo kinoning o‘ziga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydigan vaziyat bilan taqqoslash mumkin. Bunday «ko‘rinish»-ni ekranni artish yordamida olib tashlash mumkin. Keyin rasm yana asl holatiga qaytadi.
O‘zingizni bunday hiyla-nayrangdan qanday himoya qilish mumkin?
Avvalo, ota-onaga bolaning kirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsiy, ota-ona profilidan foydalanish tavsiya etiladi. Kundaliklarni o‘z profillaridan foydalangan holda ko‘rayotganda, ota-onalar hech qachon aldanib qolmaydi, chunki bu holda o‘quvchi sahifaning ko‘rinishini o‘zgartira olmaydi.
Agar siz hali ham ko‘rsatilgan ma'lumotlarning to‘g‘riligiga shubha qilsangiz, F5 tugmachasini bosib sahifani yangilashingiz mumkin (yoki shunchaki kundalikdan chiqib, yana unga kiring). Bunday holda, har qanday o‘zgartirilgan «ko‘rinish» yo‘qoladi.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq