Asosiy sahifada ota-onalar va o‘quvchilar uchun quyidagi bloklar mavjud:
- Yangiliklar tasmasi - bu blokda ikki haftadagi barcha foydalanuvchilar voqealari ko‘rsatiladi:
- muhim voqealar to‘g‘risida xabarlar yoki bildirishnomalar (nazorat, mustaqil ish);
- joriy / yakuniy baholar haqida xabarlar;
- izox berish imkoniyati bilan yangi e'lonlar to‘g‘risida bildirishnomalar;
- Uy vazifasi juda ko‘p berilgan taqdirda, keyingi o‘quv kuni uchun uy vazifalari to‘g‘risida xabarnomalar:
- Uy vazifasi va jadval bloki bilan ishlash - bu blokda o‘quv kunlaridagi dars jadvali va uy vazifalari aks etiladi. Ushbu blok ichida «oldinga» / «orqaga» tugmachalarini bosish orqali butun o‘quv yilining dars jadvalini ko‘rish mumkin:
-
«Kundalik yangiliklari» bloki - eng so‘nggi yangiliklar ushbu blokda namoyish etiladi:
Eslatma: agar ota-onalar / xodimlar profiliga bir nechta bola biriktirilgan bo‘lsa, asosiy sahifada ma'lum bir o‘quvchi haqida aloxida ma'lumot bilan butun sahifani sozlash mumkin bo‘ladi. O‘quvchini tanlash sahifaning yuqori qismida kerakli o‘quvchining to‘liq ismini bosish orqali amalga oshiriladi:
Voqealar tasmasi
Ushbu bo‘limda baholar, uy vazifalari va muhim o‘quv tadbirlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar namoyish etiladi. Tasma o‘quv kunlariga bo‘linadi, yangi yozuvlar sahifaning yuqori qismida joylashgan:
Agar o‘quvchiga keyingi uch kun ichida biron bir tekshiruv yoki nazorat ishlarini o‘tishi kerak bo‘lsa, muhim o‘quv tadbirlari to‘g‘risidagi xabarlar tadbirlar tasmasida paydo bo‘ladi.
«Ertaga (sana, haftaning kuni)» iborasini bosganingizda, siz xabarnomada ko‘rsatilgan ish rejalashtirilgan dars sahifasiga yo‘naltirilasiz.
Eslatma: bunday xabarnoma, agar fan o‘qituvchisi oldin dars jurnalida tegishli turdagi ishni yaratgan bo‘lsagina paydo bo‘ladi.
Yakuniy baholar to‘g‘risida bildirishnomalar agar o‘quvchiga hisobot davri uchun / yillik / imtihon uchun baho chiqarilgan bo‘lsa kundalik voqealari oqimida paydo bo‘ladi:
«Fan bo‘yicha yakuniy baho / fan nomi» iborasini bosganingizda, siz «Bolalar / ta'lim - kundalik» sahifasidagi «Fanlar bo‘yicha» yorlig‘iga o‘tasiz:
Baholar belgisini yoki «Barcha yakuniy natijalar» tugmachasini bosganingizda, siz «Bolalar / Ta'lim - Kundaliklar» sahifasidagi «Xulosa» yorlig‘iga o‘tasiz:
Muhim ishlarga baho berish to‘g‘risida bildirishnoma yangiliklar tasmasida, o‘qituvchi nazorat yoki boshqa tekshirish ishlari uchun baho bergan takdirda paydo bo‘ladi:
Baholash belgisini bosganingizda, siz «Bolalar / ta'lim - kundalik» sahifasidagi «Kundalik» yorlig‘iga o‘tasiz:
Dars kunini bosganingizda, siz ushbu bahoni belgilagan dars sahifasiga yo‘naltirilasiz.
Izoh: muhim ish uchun baho berish to‘g‘risida xabar faqat o‘qituvchi dars jurnalida darsda tegishli turdagi ishni yaratgan taqdirdagina paydo bo‘ladi.
Ahamiyatsiz ish uchun baholar to‘g‘risida bildirishnomalar, o‘qituvchi jurnalda joriy o‘quvchiga baholarini qo‘ygan takdirda, voqea oqimida paydo bo‘ladi:
Ushbu turdagi darsdagi ishlar haqida bildirishnomalarni jo‘natish darsdagi ishlarning muhim turlari bildirishnomalarni yuborish kabi ishlaydi.
Izoh: fan bo‘yicha yakuniy va muhim baholarni ajratib belgilash uchun, baholarni rang farqlanishi qo‘llaniladi:
- ijobiy va yaxshi baxolar yashil rang bilan ajratilgan;
- to‘q sariq rangda qoniqarli baholar;
- qoniqarsiz - qizil rangda.
O‘quvchining joriy baholari doimo kul rangda bo‘ladi:
Ko‘p sonli uy vazifalari to‘g‘risida xabarnomalar, keyingi o‘quv kuniga uchtadan ortiq uy vazifasi bo‘lsa, kunlik tadbir lentasida paydo bo‘ladi:
«Kundalik» tugmachasini bosganda - «Bolalar / Ta'lim - Kundalik» sahifasidagi «Kundalik» yorlig‘iga yo‘naltirilasiz.
Uy vazifasi matnini bosganda - tanlangan uy vazifasi topshirilgan dars sahifasiga yo‘naltiriladi.
Agar foydalanuvchida tegishli hodisalar bo‘lmasa, «Voqealar tasmasi» blokida «So‘nggi ikki hafta ichida hech narsa sodir bo‘lmagan ...» degan xabar paydo bo‘ladi:
«Voqealar tasmasi» blokining oxirida quyidagi xabar ko‘rsatiladi:
Uy vazifasi va dars jadvali bloki
Ushbu blokda quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatiladi:
- dars jadvali;
- uy vazifasi;
- har bir dars o‘tkaziladigan haftaning sanasi va kuni;
- dars o‘tkaziladigan vaqti.
Shuningdek, blokda muhim ishlar rejalashtirilgan darslar mavjud.
Izohlar:
- ushbu blok, agar ushbu davr uchun dars jadvali nashr etilmagan bo‘lsa (masalan, ta'til davrida), «Voqealar tasmasi» bo‘limida mavjud bo‘lmaydi;
- agar dars jadvali nashr etilgan bo‘lsa, ammo xozirgi kun uchun biron bir dars mavjud bo‘lmasa, ushbu blok bo‘sh qoladi:
Uy vazifasi matnini bosganda, uy vazifasi berilgan darsning sahifasiga yo‘naltiriladi.
Siz ikonkani ustiga kursorni yuritganingizda, darsda muhim ish turining nomini ko‘rsatuvchi qalqib chiquvchi oyna paydo bo‘ladi:
Darsni boshlash va tugash vaqtining ustiga kursorni yurutganda ushbu dars o‘tkaziladigan sinf xonasini ko‘rsatadi.
«Kundalikni ko‘rish» tugmachasini bosganingizda, siz «Bolalar / Ta'lim - Kundalik» sahifasidagi «Kundalik» yorlig‘iga yo‘naltirilasiz.
E'lonlar
Tasmada tashkilot xodimlari tomonidan yaratilgan so‘nggi yozuvlar haqidagi ma'lumotlar aks etadi. «Yangiliklar tasmasi» bo‘limida yozuvlar ular qo‘shilgan tartibda ko‘rsatiladi. Tanishib chiqilgan e'lonlarni ta'lim tashkilotining bosh sahifasida yoki sinf sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish